Kontent qismiga oʻtish

Koʻks oraligʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻks oraligʻi (Mediastinum) -odam va boshqa sut emizuvchilarda koʻkrak boʻshligʻining oʻrta qismi. Oldindan toʻsh suyagi, orqadan umurtqa pogʻovasi, ikki yon tomondan oʻng va chap plevra xaltalari, pastdan diafragma bilan chegaralangan. Koʻks oraligʻini shartli ravishda ikkiga: old va orqa qismlarga boʻlinadi. Uning oldingi qismida yurak, kekirdak, ayrisimon bez va boshqa; orqa qismida esa aorta, qizilungach, katta venalar va hokazo bor. Koʻks oraligʻi yuqoridan boʻyin qismiga qoʻshilgan, pastdan qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻks oraligʻi kasalliklari uning maʼlum bir qismigagiva xos boʻlib, bu diagnostik ahamiyatga ega. Koʻks oraligʻi aʼzolarining ochiq yoki yopiq shikastlanishlari jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Bu sohada kista, oʻsmalar, yalligʻlanishlar va boshqa kuzatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil