Koʻksaraksoy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻksaraksoy - Namangan viloyati Chust tumanidagi soy. Chatqol tizmasining jan.-sharqiy yon bagʻridan Qoʻldambassoy nomi bilan boshlanadi. Yuqori qismida jan.-sharqqa, quyi qismida esa jan.ga oqadi. Suvi ariqlarga boʻlinib, Sirdaryoga yetmasdan (Qoraqoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida) tugaydi. Oʻz. 36 km, havzasining maydoni 176 km². Asosan, yomgʻir va qor suvlaridan toʻyivadi. Suvi mart — aprelda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,8 m³/sek. Kuchli jala vaqtlarida suv sarfi 20– 30 m³/sek. ga yetadi. K. suvi bilan Chuyet tumanidagi yerlar sugʻoriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |