Koʻl yotqiziqlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻl yotqiziqlari - hozirgi va qad. geologik davrlarda mavjud boʻlgan koʻllar tubida paydo boʻlgan yotqiziqlar. Koʻl yotqiziqlari mexaniq (qum, shagʻal, gil), kimyoviy (koʻl buri, tabiiy soda, mirabilit, osh tuzi, gidrogalit, gips, astraxanit, epsomit, bishofit, karvallit va boshqalar) yoʻl bilan hamda organik qoldiklarning chirishidan (torf, diatomit, shifobaxsh balchiqlar) hosil boʻladi. Boʻlarning hammasi chuchuk va shoʻr suvli koʻllarga xosdir. Koʻl yotqiziqlari kontinental yotqiziklarga mansub, lekin dengiz yotqiziqlariga xos belgilarga ham ega. Har xil tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan koʻllar turlari koʻpligi sababli ularning yotqi-zikdari ham turli-tuman boʻladi. Muzlik koʻllari muzlik va koʻl yotqiziqlarining birikmasidan (mas, turtlamchi davr lentasimon gillari) tashkil topgan, karst koʻllari maʼlum miqdorda karbonatli yotqiziklar bilan toʻlgan boʻladi. Koʻl-muzlik (limnoglyasial) yotqiziqlarini alohida toifaga ajratadilar. Gumid iqlimli tekislik koʻllarida, asosan, alevritgilli, arid iqlimli mintaqalarda esa galogen-karbonatli yotqiziklar toʻplanadi. Oʻzbekistonda Qizilqum, Mirzachoʻl, Markaziy Fargʻona va Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan.[1]Koʻl — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil rayonlarida mavjud. Koʻpchilik K.lar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas K. ham koʻp. Eng katta oqmas K.lar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. K. oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik K. katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) K. (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik K. hisoblanadi; vul k a n i k K. sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n K. daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen K. daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir K., qoldiq oʻzan oʻrnidagi K., deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta K., ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst K., abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst K., ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva K., limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman K.ga boʻlinadi. Glyasiogen K. muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena K. va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar K.ga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy K. deyiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |