Koʻmir aksiyadorlik birlashmasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"KOʻMIR" AKSIYADORLIK BIRLASHMASI — Oʻzbekistonda yirik koʻmir qazib olish va sotish aksiyadorlik birlashmasi. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. "Oʻzbekenergiya" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Dastlab 1927-yilda "Oʻrta Osiyo koʻmir" ("Sredazugol") kti nomida tashkil etilib, Oʻrta Osiyo respubli-kalaridagi barcha koʻmir konlarini boshqargan. 1994-yil dan hozirgi aksiyadorlik birlashmasi. Qoʻngʻir koʻmir, tosh-koʻmir, toshkoʻmir briketlari, yer os-tida koʻmirdan gaz, boyitilgan kaolin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birlashma tarkibida koʻmir qazib oluvchi "Angren", "Apartak" ochiq konlari, 9-shaxta, "Shargʻun", "Boysun" shaxtalari, "Yerostigaz" styasi va 20 ga yaqin korxonalar, tashkilotlar, ak-siyadorlik jamiyatlari bor. Birlash-mada 2001-yilda jami 2711 ming t koʻmir (2619 ming t qoʻngʻir koʻmir, 92 ming t toshkoʻmir) qazib olindi, 47 ming t koʻmir briketlari, 63 mln. m3 yer osti gazi ishlab chiqarildi. Birlashmada 10 mingga yaqin kishi mehnat qildi (2001). 1996-yil dan buyon AQSH, Yaponiya va Germaniya firmalari shartnoma asosida kon uskunalari yetkazib bermokda. Birlashma tarkibida Oʻzbekiston — Germaniya "Kaolin" qoʻshma korxonasi tashkil etilgan. 1999-yilda yiliga 200 ming t boyitilgan kaolin ishlab chiqaruvchi fabrika ishga tushdi. 2001-yilda 10,1 ming t kaolin eksport qilindi.
Hamroqul Xursanov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |