Kontent qismiga oʻtish

Koʻnikma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koʻnikma — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko'nikmalarlar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko'nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko'nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy Ko'nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy Ko'nikmalar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Ko'nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgʻri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko'nikmalar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil