Kontent qismiga oʻtish

Koʻp goʻsht yeyapmiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Koʻp goʻsht yeyapmiz“OʻzLiDeP yetakchisi, Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashining raisi Aktam Hayitov tomonidan aytilgan hamda keng muhokamaga sabab boʻlgan jumla[1].

2019-yilning 10-sentabr kuni Aktam Hayitov Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida jurnalistlarning goʻsht narxi nega qimmatlashayotgani haqidagi savoliga „Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz“ qabilida javob bergan[2]:

Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht isteʼmol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti...

— Aktam Hayitov, [3]