Koʻp qavatli binolar
Koʻp qavatli turar joy binolariga 6 qavatdan 9 qavatgacha boʻlgan uylar kiradi. Oʻrta qavatli uylardan farqi shuki bu uylarda albatta lift joylashtirilgan boʻlishi kerak. Koʻp qavatli turar joy binolari qurilishida hamma loyiha turkumlari ishlatiladi. Boʻlinmali(seksiyali), yoʻlakli(galereyali), karidorli, minorali va aralash turkumlar. Ayniqsa, koʻp tavsiya etiladiganlari boʻlinmali(seksiyali), yoʻlakli(galereyali) turkumlaridir. Bu turkumlar universal boʻlib, koʻp xonali va kam xonali xonadonlarning toʻliq yechimi va iqtisodi tomonlama qulaydir. Koʻp qavatli uylarni uzunligi koʻp boʻlmasligi kerak, chunki, atrofga oʻzini soyasi bilan xalaqit beradi. Shuning uchun, seksiyali yoki minorali turkumlar koʻproq toʻgʻri keladi. Uylar koʻp qavatli boʻlgani sababli odamlar tabiat manzarasidan uzoqlashadi, shuning uchun bunday uylarda yozgi xonadonlar katta ahamiyatga ega. Ayvonlar ikki qavatga, koʻkalamzorlash va ular xonadonni koʻchadagi shovqindan toʻsadi, changdan himoyalaydi. Tekis tom chetidagi maydonlar tashkil etish, uni koʻkalamzorlashtirish uyning quyoshning tik nuridan saqlaydi va xonadonlarning havosini pasaytiradi. Bundan tashqari, ochiq qavatli yoki umumiy foydalanish uchun uyning bir tomonida ochiq yozgi ayvonlar boʻlishi mumkin. Koridorli va yoʻlakli(galereyali) turkum uylarda 2 qavatda bir xonadon joylashtirish mumkin boʻlib, yelvizak masalasi oson yechiladi va xonadonlar ikki tomonga qaragan boʻladi[1].
Baland qavatli turar joy binolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyingi paytda Oʻzbekistonda bu xildagi uylar qurilmoqda. Koʻp qavatli uylardan farqi, bir boʻlinmada 2ta lift oʻrnatilishi: odamlar va yuklar uchun, juda baland uylarda tez yuradigan liftlar oʻrnatiladi. Uylarning asosiy qurilmalari yengillashtirilgan panellar, sinchlar poʻlatdan boʻlishi kerak. Iloji boricha yengillashtirilgan qurilmalar va qurilmalarni joyida quyma yengil temir beton ashyolar ishlatish kerak. Kelajakda sinch hajmiy elementlardan foydalanish koʻzda tutilmoqda. Yaʼni poʻlat sinch yengil hajm elementlar bilan toʻldiriladi. Ularni har xil usulda joylashtirib, meʼmoriy koʻrinishini boyitish mumkin.
Yotoqxonalar.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yotoqxona deb insonlar vaqtinchalik yashaydigan uylarga aytiladi. Talabalar yotoqxonasi, yakka ishchilar yotoqxonasi, maktab internati, qariyalar uyi kabi koʻp qavatli turar-joy binolari shular jumlasidandir. Zamonaviy yotoqxonalar turar joy xonasi, yordamchi va umumiy maishiy xizmat koʻrsatish xonalaridan iorat boʻlishi kerak. Yotoqxonada bir kishiga 6mkvadrat maydon ajratiladi va 1 krovatli xona 8m kvadratdan kam boʻlmasligi kerak. Xonalar kengligi kamida 2.2m, uzunligi kamoda 3,5m boʻlishi kerak. Yotoqxonalar universal yaʼni ovqatlanish, uxlash va dars tayyorlash boʻlgani uchun bu xonani orientatsiyasiga va yelvizakka katta ahamiyat berish kerak. Eng qulay orientatsiya bu janub yoki sharq va janubiy sharqdir. Oynalarga quyoshga qarshi toʻsilmalar oʻrnatilishi kerak. Yotoqxonalar tarkibi: yashash xonalar, sanitar tugunlar, oshxona, oyoq kiyim va koʻylak tozalash xonasi, xoʻjalik xonalari, xizmat koʻrsatish xodimlar xonalari, umumiy foydalanish xonalaridan iborat. Turar joylarning asosiy elementlari:
- xonadon
- vertikal bogʻlovchi zinalar va lift,
- gorizantal yoʻlak(karidor),
- quyoshga qarshi qurilma,
- axlat oʻtkazgich.
Barcha turdagi koʻp qavatli yotoqxonalar 5 qavatdan ortiq boʻlganligi uchun, bu binolarga xonadonlar soniga qarab lift oʻrnatish va binolar 8 dan 9 balgacha boʻlgan zilzilalarga bardosh beruvchi materiallardan tashkil topishi lozim[2].
Galareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Koʻp qavatli turar-joy binosi
-
Édifice binosi
-
Austindagi bino
-
Frankfurtdagi koʻp qavatli binolar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |