Koʻz xiralashuvi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koʻz xiralashuvi, koʻrishning pasayishi — koʻrish oʻtkirligining pasayishi. Har bir koʻzning koʻrish oʻtkirligi uzoqdan va yaqindan kurishga tekshiriladi (qarang Uzoqdan koʻrish, Yaqindan koʻrish). Koʻz xiralashuvi koʻpincha koʻz refraksiyasining anomaliyalari (miopiya, gipermetropiya va astigmatizm)da paydo boʻladi. 40 yoshdan boshlab esa gavharning qotishi sababli koʻzning koʻrish qobiliyati susaya boradi va 50— 60 yoshda ancha susayadi. Shuning uchun yaqindan oʻqish qiyinlashadi. Koʻz xiralashuvi ga koʻzning optik soqalarida uchraydigan turli xastaliklar (keratit, shox parda yarasi yoki unga oqtushishi, koʻz ichiga qon quyilishi, katarakta, shishasimon tananing xiralashishi) sabab boʻlishi mumkin, shuningdek, keksalikdagi Koʻz xiralashuvi kuzatiladi. Toʻr parda va kurish nervining tugʻma nuqsonlari, kasalliklari, koʻz shikastlanishi, glaukoma, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, qontomir, endokrin va nerv sistemasining kasalliklari ham Koʻz xiralashuviga olib keladi. Koʻz xiralashuvi shabkoʻrlik va rang ajrata olmaslik bilan birga kechishi ham mumkin.
Koʻz xiralashganda sababini aniqlab, soʻng koʻrishni yaxshilash choralari kuriladi. Koʻzoynak yoki kontaktli linzalar, jarrohlik usullari yordamida kurish utkirligini oshirish mumkin. Koʻz xiralashuvining oldini olish uchun glaukomani erta aniqlash va davolash, gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |