Koʻzdan kechirish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻzdan kechirish (jinoyat huquqida) — tergov harakati; jinoyat izlari va boshqa ashyoviy dalillarni topish, sodir boʻlgan hodisa tafsilotlarini va jinoyat ishi uchun ahamiyatli boshqa holatlarni aniqlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, baʼzan sud oʻtkazadi.
Qotillik, bosqinchilik, talonchilik, oʻgʻirlik, haloqat qabilar yuz berganda joy, bino, tevarak-atrof, shuningdek, murda koʻzdan kechiriladi. Bu harakat jinoyat ishi qoʻzgʻatilmasdan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Tintuvda topilgan narsalar va hujjatlar, pochtatelegraf joʻnatmalarini jinoyat ishiga qoʻshishdan oldin Koʻzdan kechirish shart. Jinoyat ishiga aloqador deb hisoblangan buyumlar va holatlar Koʻzdan kechirish chogʻida xolislar huzurida tahlil qilinadi, zarur boʻlsa — tegishli mutaxassislar yordamida fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiriladi, nusxalari va qoliplari olinadi. Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari haqida bayonnoma tuziladi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK 135—141-moddalar).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |