Kontent qismiga oʻtish

Kochabamba

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kochabamba — Boliviyaning markaziy qismidagi shahar. Sharqiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi soylikda, 2600 m balandlikda joylashgan. Kochabamba departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 560,2 ming kishi (1997). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning yirik qishloq xoʻjaligi rayonlaridan bi-rining markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-teri sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash zavodi mavjud. Vino ishlab chiqariladi. Shaharga 1374-yilda asos solingan. Kurort shahri. Un-t (1832) bor. Mustamlakachilik davriga oid meʼmoriy yodgorliklardan San-Fransisko cherkovi (16-asr), sobor, Santo-Domingo monastiri saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil