Koga
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koga, Kioga — Afrikadagi koʻl, Ugandada 1029 m balandlikda joylashgan. Maydoni 2,6 ming km², chuqurligi 3–5 m, oʻzani 120 km. Qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Koga Viktoriya koʻlini ham oʻz ichiga olgan juda katta suv havzasining qoldigʻi. Koʻl qamish va papirus bilan qoplangan. Koga orqali Viktoriya-Nil daryosi oqib oʻtadi. Baliq ovlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |