Kontent qismiga oʻtish

Kohota koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kohota koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Koʻchada joylashgan binolar Koh ota masjidi
Map
Kohota koʻchasining xaritada koʻrinishi
Koʻchaning boshlanish qismida joylashgan Koh ota masjidi

Kohota koʻchasi — Shayxontohur tumanida. Kohota mahallasi hududidan oʻtgan. Shahardagi qadimgi koʻchalardan biri boʻlib, XIX asrda tashkil topgan. Shayxontohur va Gʻafur Gʻulom koʻchalari oraligʻida joylashgan hamda Nurafshon koʻchasiga parallel ravishda oʻtadi.

1992-yil joyning tarixiy nomi sifatida Kohota nomi berilgan. Yoʻnalishida, asosan, yakka tartibdagi turar joy binolari joylashgan. Yonidan Kaykovus kanali oʻtgan. Yaqinida Ishchilar shaharchasi, Sebzor va Labzak dahalari, yonilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan[1].

Koʻh ota nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻcha „Koʻh-ota“ mahallasi hududida joylashgani uchun shunday nomlangan. Mahalla esa bu nomni ushbu hududdagi Qalqauz kanali yaqinida joylashgan XIV asrga oid „Koʻh-ota“ maqbarasi nomidan olgan. Hozirda Koh ota masjidi yonida joylashgan ushbu maqbara Ko‘h-otaga tegishli bo'lgan. U kishi Amir Temurning maʼnaviy ustozi bo‘lgan, garchi ular turli davrlarda yashagan bo‘lsalar ham. Amir Temur Kohotani tirikligida topa olmagan. Koh-ota asli kelib chiqishi Misrdan bo'lib, u kishi oʻzining ajoyib kuchi va kattaligi bilan mashhur edi, bu unga dunyo boʻylab sayohat qilish va kurash musobaqalarida qatnashish imkonini bergan. Ehtimol, bu uning „ko‘-ota“ laqabi berilishida asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa kerak, chunki ushbu so'z eronchadan tarjima qilganda „Ota tog‘“ degan maʼnoni anglatadi. Ko‘h ota Toshkentga dafn etiladi. Rivoyatlarga koʻra, Amir Temur bu maqbarani qurish uchun oʻz qoʻli bilan tosh va gʻisht koʻtargan, Koʻh ota esa uning ruhiy ustozi boʻlib, Temurga yurishlarda yordam bergan, unga kuch va quvvat bergan[2][3].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil. 
  2. „Махаля Кох-ота в Ташкенте“ (ru). mytashkent.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
  3. „Махалля Кох-ота в городе Ташкенте“ (uz). shosh.uz. Qaraldi: 3-dekabr.