Kontent qismiga oʻtish

Koka (pishiriq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koka (ispancha: Coca gʻarbiy Katalancha talaffuzi: ˈkokə ) — bu pishiriq, obi non va undan tayyorlangan mahsulotlar boʻlib, asosan Kataloniya[1][2], Aragon[1][3], Valensiya[1], Balear orollarida[1], Andorra[1] va Fransiya Kataloniyasi[1] tayyorlab, isteʼmol qilinadi

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kataloncha coca soʻzi Karolinglar davridan germancha koek soʻzidan kelib chiqqan va inglizcha cake va nemischa Kuchen bilan bir xil ildizlarga ega. Xuddi shunday maʼnoli soʻz („tort“) Oksitan tilida mavjud: còca[4]. Koka oshmagan non xamiri tufayli ixtiro qilingan degan fikr bor. Uy bekalari bu xamirni uloqtirmay, bir tekisda pishirib, shirin taʼm qoʻshib, desert sifatida dasturxonga torishgan[1].

Koka — bu asosini non tashkil etuvchi har qanday koʻrinishdagi gazak yoki qandolat mahsuloti. Uning oʻlchami 5 sm dan 1 metrgacha oʻzgarishi mumkin. Kokaning turlari koʻp. Asosan toʻrtga boʻlishadi: shirin, nordon, yopiq va ochiq. Ularning barchasi uchun xamir olinib keyin ichi toʻldiriladi. Xamir shirin yoki shoʻr boʻlishi mumkin. Shirin xamir uchun tuxum va shakar qoʻshaman, ikkinchi turi uchun xamirturush va tuz qoʻshiladi. Ichini toʻldirish uchun qirgʻoq boʻylarida baliq va sabzavotlar, materikda esa meva, yongʻoq, pishloq va goʻsht keng tarqalgan[5]. Kokaning ayrim turlari ham shirin, ham shoʻrtak boʻlishi mumkin (odatda bu- goʻsht va meva aralashmasi).

Avliyo Xuan kuni uchun meva va yongʻoqlar bilan tayyorlangan shirin Kataloncha Coca de Sant Joan

Turli xil koʻrinishlari mavjud:

  • yopiq koka: qiymali pirog yoki pishiriq;
  • ochiq koka: qandolatchilik asosi va toppingdan hosil boʻlgan arxetipik koka;
  • teshikli koka;
  • odatiy koka: qiyma solinmagan koka, ovqat bilan birga dasturxonga tortiladi. Meksika tacosiga biroz oʻxshaydi.
Kataloniya kremili koka

Mashhur retseptlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq roʻyxat orasida eng keng tarqalganlari:

  • Coca de recapte — bu juda koʻp turli xil ingredientlarga ega, odatda kolbasa va sabzavotlarni oʻz ichiga olgani keng tarqalgan.
  • Mallorka va Balear orollaridan koka de trempo.
  • Coca de Sant Joan — bu Kataloniyaga xos boʻlgan shirin koka, La Retella de San-Xuanda, Avliyo Joan (Xuan) kuni arafasida isteʼmol qilinadi.
  • Valensiya atrofidagi Coca de landa.
  • Coca de xulla, koʻpincha koka de llardon deb ataladi, choʻchqa goʻshti va har qanday togʻli hududga xos boʻlgan boshqa goʻsht mahsulotlaridan tayyorlanadi.
Coca de mullador — kokaning Valensiyacha nordon versiyasi

"Koka (...) mamlakatimiz anʻanalari bilan mustahkam bogʻlangan"[6]. Koka — boylar va kambagʻallar orasida keng tarqalgan taom, u Kataloniya oshxonasining asosiy qismidir. Kataloniyada koka bevosita mahalliy bayramlari bilan bevosita bogʻliq[7].

Bayramlarda, ayniqsa Pasxa (Pasqua), Rojdestvo (Nadal) va Avliyo Ioann (la revetlla de Sant Joan) bayramlarida kokani sotib olish yoki tayyorlash anʼanaga aylangan. Kokaning baʼzi turlari hatto avliyolarning ismlariga ega va oʻsha avliyo kunida isteʼmol qilinadi (masalan, Coca Saint Johnʼs Coca, Coca de Sant Joan). Biroq, koʻp odamlar ularni hech qanday diniy yoki bayram bahonalarisiz yeyishadi. Coca de Recapteni piknik uchun olib ketishadi, chunki „recapte“ odatda shahar tashqarisida oʻtkaziladigan piknik turidir.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Eliana Thibaut i Comalada, Les Coques Catalanes, Proa, Barcelona 1995.
  2. Coca de recapte
  3. Coca d’albercoc
  4. „panOccitan.org“. 2020-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  5. Source: Eliana Thibaut i Comalada, pp.20 Les Coques Catalanes, Proa, Barcelona 1995.
  6. Source: Eliana Thibaut i Comalada, pp.17 Les Coques Catalanes, Proa, Barcelona 1995.
  7. Source: Eliana Thibaut i Comalada, pp.19 Les Coques Catalanes, Proa, Barcelona 1995.