Kontent qismiga oʻtish

Kolibrilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kolibridan yoʻnaltirildi)
Kolibrilar

Toʻrt kolibri
(Trinidad va Tobago)
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Uzunqanotlilar
Binar nomi

(Vigors, 1825-yil)
Ostoilalar

Eurotrochilus
Florisuginae
Phaethornithinae
Polytminae
Lesbiinae
Patagoninae

Trochilinae

Kolibrilar (Trochili) — uzunqanotlilar turkumining kenja turkumi. 319 turni birlashtiradi. Asosan, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim turlari Shimoliy Amerikada tarqalgan. Qushlar orasida eng kichigi, baʼzilarining kattaligi qovogʻaridek keladi. Ogʻirligi 7,8 g. Tashqi koʻrinishi har xil, patlari rang-barang. Tumshugi uzun va ingichka, toʻgʻri yoki bir oz qayrilgan. Juda tez uchadi, qanotini tez qoqib, havoda muallaq tura oladi. Togʻ, tekislik, oʻrmon, bogʻ va choʻllarda yashaydi. Koʻp vaqtini havoda oʻtkazadi. Yerda yurolmaydi. Vazni 0,2 g lik 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 14—19 kun bosadi. Bolasi bir oyda uchirma boʻladi. Kolibrilar, gul nektari, qisman mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kolibrilar — fotolar, videolar, maqolalar va koʻp soʻraladigan savollar (ingl.)