Kontent qismiga oʻtish

Kolima (Meksika)

Koordinatalari: 19°05′48″N 103°57′39″W / 19.09667°N 103.96083°W / 19.09667; -103.96083
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kolima
ispancha: Colima

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 10 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kolima
Yirik shahari Mansanilo
Asos solingan sanasi 5-fevral 1857
Gubernator Mario Angiano Moreno (Mario Anguiano Moreno), PRI PRI с 01.11.2009
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 650 555
Zichligi 119,26 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, oqlar, afro-meksikaliklar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (93 %), protestantlar va evangellar (2,9 %), boshqa nasroniylar(1,4 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (1,8 %).
Maydoni 5 455 km² (29-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3860 m
Kengligi 19º 31' — 18º 41' N
Uzunligi 103º 29' — 104º 41' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-COL
Pochta indeksi Col.
Rasmiy sayti http://www.colima-estado.gob.mx/
Xaritada
Kolima xaritada
19°05′48″N 103°57′39″W / 19.09667°N 103.96083°W / 19.09667; -103.96083

Kolima — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilining janubi-gʻarbida. Mayd 5,5 ming km² (Revilya-Xixedo orollari bilan birga). Aholisi 540,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kolima shahri Relyefi tepalik va togʻlardan iborat (balandligi 1000 m gacha). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Kambar sohilboʻyi qismida tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yiliga 700–900 mm, togʻlarda 1300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Kolima — mamlakatning qoloqshtatlaridan. Iqtisodiy faol aholining 3/5 qismi qishloq xoʻjaligida band. Armeriya daryosi havzasida meva, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki ekiladi. Oziq-ovqat, tamaki, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy transport vositasi temir yoʻl boʻlib, Mansanilo yirik portini Mexiko bilan bogʻlaydi.[1]

  1. "Kolima" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil