Kontent qismiga oʻtish

Komarov astragali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komarov astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus komarovii

Komarov astragali (lotincha: Astragalus komarovii) — burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi o‘t o‘simlik. Hayotiy shakli buta. Birinchi marta ukrainalik botanik Vladimir Ippolitovich Lipskiy tomonidan tasvirlangan. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Qashqadaryo viloyati, g‘arbiy Hisor tizmasi hududida tarqalgan[1].

Bo‘yi 1 m ga yetadigan ko‘p yillik buta. Poyasi tik o‘sadi, yuqori qismi shoxlangan, tashqi qobig‘i qo‘ng‘ir rangda. Barglari 6-9 juft oval yoki cho‘ziq ellipssimon shaklda, uchi biroz o‘tkir, ustki tomoni deyarli tuksiz, ostki qismi siyrak tuk bilsn qoplangan. Gullari ikki jinsli, shakli quvursimon, shingil to‘pgulda joylashgan. Shingili zich, tuxumsimon, uzunligi 5 sm. Gultojibarglari binafsha yoki och pushti rangda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Urug‘chibargi tuksiz yoki mayin tuklar bilan qoplangan. Iyun-iyul oylarida gullab, mevasi iyul-avgustda pishib yetiladi. Mevasi — dukkak meva. Dukkagi bandsiz, cho‘ziq yoki qalami shaklda, uzunligi 12-18 mm, eni 4 mm, o‘tkir uchli, qalin, qora, kichik, yarim yotiq hamda uzun, siyrak tuklar bilan qoplangan. Urug‘i orqali ko'payadi

Tarqalishi va o‘sish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kam uchrovchi endemik tur bo‘lib, tabiatda yakka holatda o‘sadi. Qashqadaryo viloyati g‘arbiy Hisor tizmasining Ko‘l va Shut qishloqlari atrofida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismidagi mayda jins tuproqli yonbag‘irlarda, na'matak va archalar ostida o‘sadi. Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Астрагал Комарова - Astragalus komarovii-Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.