Komil O‘rinboyev
Komil Oʻrinboyev Камиль Урунбаев | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
7-sentyabr 1976-yil Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Sport | |
Qaysi sport | togʻ changʻi sporti |
Komil Oʻrinboyev (1976-yil 7-sentyabr, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 1998-2002-yillardagi qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Komil Oʻrinboyev 1976-yil 7-senyabrda Toshkent viloyatinng Boʻstonliq tumanida dunyoga keladi.
U changʻi sporti boʻyicha ishtirok etgan.
Oʻrinboyev 1998-yilda Naganodagi qishqi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi va slalom boʻyicha ishtirok etadi. U birinchi urinishda 1 daqiqa-yu 9,55 soniya bilan 35-natijani koʻrsatgan boʻlsa, ikkinchi urinishda 1.09,30 soniyada 28-oʻrinni egalladi. Ikkala urinish natijasi (2.18,85) orqali 50 nafar ishtirokchi orasida norvegiyalik chempion Xans Petter Burosga 29,54 soniyani boy berib, 28-oʻrin nasib qildi[1].
Komil Oʻrinboyev 2002-yilda Solt-Leyk-Sitidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kirib, slalom boʻyicha ishtirok etadi. U birinchi urinishda 1.04,09 natijani koʻrsatib, 49-oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi urinishda yakuniy bayonnomada hech qanday oʻrinni ololmadi[1].
Ikkala Olimpiadaning ochilish marosimida Togʻ changʻi sportchisi Komil Oʻrinboyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bayrogʻdori boʻldi. Bundan tashqari, u 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan faqat figurali uchish va fristayl boʻyicha qatnashgan oʻzbekistonlik birinchi togʻ changʻi sportchisi sanaladi.
U 1999-yilda Kanvondodagi qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, slalom boʻyicha 7-oʻrinni (2.05,12) egalladi va janubiy koreyalik raqibi Xur Sin Ukga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shuningdek, supergigant slalom boʻyicha (1.33,99) 8-oʻrinni egallab, bu yoʻnalishida Xur Sin Ukni 7,16 ortda qoldirdi. Bundan tashqari ulkan slalomda ishtirok etib, ikkinchi urinishni yakuniga yetmagani tufayli hech qanday oʻrinni egallay olmadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Komil Urunbayev Bio, Stats, and Results | Olympics at Sports-Reference.com“. web.archive.org (2020-yil 18-aprel). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
- ↑ „FIS Yongpyong (KOR)“. www.fis-ski.com. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.