Kontent qismiga oʻtish

Komil Oqilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Komil Oqilovich Oqilov (1928.5.2, Samarqand tumani) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1987), professor (1988). Samarqanddagi Oʻzbekiston universitetining tarix fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1953—57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida katta ilmiy xodim (1957—64), boʻlim mudiri (1964—96), guruh rahbari (1996—98), yetakchi ilmiy xodim (1998—2000), katta ilmiy xodim (2000-yildan). Oqilovning ilmiy faoliyati Oʻzbekistonning madaniy jarayonlariga bagʻishlangan. 9, 10-sinflar uchun „Oʻzbekiston tarixi“ dareliklari va „Oʻzbekistonning yangi Tarixi. 2-kitob. Oʻzbekiston sovet mustamlakachilari davrida“ kitobining mualliflaridan biri. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil