Komil Yormatov
Komil Yormatov (1904.2.5, Konibodom — 1978.17.11, Toshkent) — oʻzbek kinorej., tojik kinosining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1955), Tojikistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Birinchi filmi — "Muhojir" (1934) Tojikiston kinostudiyasida suratga olingan (oʻzi ssenariy muallifi, rejissyor, bosh rol ijrochisi). "Faxriy huquq", "Uzoq chegarada", "Doʻstlar qayta uchrashganda" filmlari ham "Tojikfilm"da ishlangan. Bu filmlarda uning oʻziga xos uslubi, keskin dramatizmga intilishi, murakkab dekoratsiyalardan foydalanishi koʻzga tashlanadi. 1941 yildan "Oʻzbekfilm"ning badiiy rahbari. Urush yillari "Vatan sovgʻasi", "Front uchun konsert" singari konsertfilmlar, "Uyqusiz yillar" badiiy filmini yaratdi. "Alisher Navoiy" filmi (1947) rejissyor ga katta shuhrat keltirdi. Bir qancha oʻzbek filmlarida aktyor sifatida qatnashgan.
YO.ning har bir ijodiy bosqichi yangiyangi boʻyoklar bilan sayqallasha borib, yaratgan filmlari milliy kino oldida turgan aniq va muhim vazifalarni hal eta bordi. Zamonaviy mavzuda "Opa-singil Rahmonovalar", "Gullar ochilganda", tarixiy mavzuda "Abu Ali ibn Sino" kabi filmlari, "Paxtaoy" ertakfilmi kinofestivallarda I-darajali diplomlar bilan takdirlangan. 60-yillarda Yo. kinotrilogiya yaratib, oʻzbek kino sanʼatini yangi bosqichga koʻtardi. Afsona harakteridagi "Ikki dil dostoni" (1966; xalqaro kinofestivalning "Oltin Absora" mukofoti, 1968), oʻzbek shoirasi hayotiga bagʻishlangan "Nodirabegim", "Uzoq-yaqin yillar" (kinofestivalning maxsus sovrini, Riga, 1978) kabi filmlari ham shuhrat qozondi. "Kinossenariylar" (M. Melkumov bilan hamkorlikda) toʻplami, "Esdaliklar"i nashr etilgan. Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasining kotibi (1958—78). "Oʻzbekfilm"ga Yo. nomli berilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aliyev M., Komil Yormatov, T., 1960; Teshabayev Djura, Kamil Yarmatov, M., 1964; Teshabayev Djura, Schastye mastera, T., 1975.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Komil Yormatovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- 2-mayda tugʻilganlar
- 1903-yilda tugʻilganlar
- 1978-yilda vafot etganlar
- 17-noyabrda vafot etganlar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Sovet erkak aktyorlari
- SSSR xalq artistlari
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- O‘zbekiston kinorejissyorlari