Kontent qismiga oʻtish

Kommutator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kommutator (lotincha commuto — almashtiraman, oʻzgartiraman), almashlab ulagich, taqsimlagich — elektr zanjirini ulash, oʻzish, almashlab ulash va zanjirdan oʻtayotgan tok yoʻnalishini oʻzgartirish uchun ishlatiladigan qurilma. Almashlab ulash qoʻlda (mas, telegraf K.i) yoki maxsus dastur asosida avtomatik tarzda bajariladi. Elektromexanik, elektron va elektron nurli K.lar bor. Oddiy elektromexanik K.: rubilniklar, elektr mashina kollektorlari; elektromagnit rele toʻplamlari va boshqa Elektron K. — maʼlum funksional sxemalar boʻyicha ion asboblari, elektron lampalar, yarimoʻtkazgichlardan yigʻilgan elektron qurilmalar. Elektron nurli K. — elektron nur yordamida boshqa asbobning ulanish sxemasini oʻzgartiradi. K. elektrotexnika, aloqa, telemexanikaning koʻp vositalari va boshqalarda qoʻllanadi.[1]

  1. "Kommutator" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil