Kompleks III
Kompleks III, Sitoxrom-bc1-kompleks yoki Ubixinol-Sitoxrom c-oksireduktazasi - mitoxondriyaning elektron transport zanjirining multioqsil kompleksi va mitoxondriyaning elektro-kimyoviy potentsialini yaratuvchi eng muhim biokimyoviy generatori. Bu multioqsil kompleksning oqsillari mitoxondrial (sitoxrom b) va yadroviy genom tomonidan sintezlanadi.
Sitoxrom-bc1-kompleksi har bir xayvon, oʼsimlik va aerob eukariotlarning mitoxondriyalarida mavjud hamda koʼp eubakteriyalarning ichki membranasida ham uchraydi.
Kimyoviy reaksiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sitoxrom-bc1-kompleksi qaytarilgan ubixinon Q ni oksidlab, sitoxrom c ni qaytaradi:
QH2 + 2 sitoxrom с+3 + 2Н+ichkari →Q + 2 sitoxrom с+2 + 4H+tashqari
Komleksda boʼlib oʼtayotgan elektron transporti mitoxondryaning matriksidan (ichkari) membrana aro boshliqga (tashqari) proton tashish va elektro-kimyoviy gradientini hosil qilish bilan bogʼliq. Ubixinondan sitoxromgacha oʼtayotgan xar ikki elektronga mos ravishda matriksdan ikkita proton olinadi va membranalar aro boshliqga toʼrta proton ajratilinadi. Qaytarilgan sitoxrom c membrana boʼylab xarakatlanib kompleks IV ga birta elektron tashiydi.
Q-sikl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompleks III ikkita sitoxrom yadrolaridan tashkil topgan (sitoxrom b va sitoxrom c1). Ular orasida Q-sikl deb nomlanadigan jarayon boʼlib oʼtadi. Q-siklni ilk bora Piter Mitchel 1976 yilda kashf etgan.
Q-siklning asosiy vazifasi - bu kompleks III ga kelayotgan qaytarilgan ubixinon Q ning birta elektronini Qtashqari saytida temir-oltingugurt komplekslari orqali sitoxrom c ga tashib berib, qaytarikgan ubixinon Q ning ikkinchi elektronini Qichkari saytiga kelgan oksidlangan ubixinonga tashib uni qaytarishdir.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015
- Носов М.А. Физиология растений - курс лекций - лекция 1 - 2016
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |