Kompress
Kompress (lotincha: compressus — qisilgan) — shifo maqsadida qoʻyilgan issiq yoki sovuq boylam. Ogrigan aʼzoni sovqotishdan va boshqa tashqi taʼsirotlardan himoya qilish uchun bir necha qavat doka yoki qalin paxta qatlamdan iborat quruq Kompressdan foydalaniladi. Shifobaxsh taʼsir koʻrsatish maqsadida nam Kompress qoʻllanadi. Bu Kompressning sovuq, qaynoq, issiq va dorili xillari boʻladi. Shifokor buyurgan Kompressni bemorning oʻzi yoki unga qaraydigan odam qoʻyishi mumkin. Kompressning qanchalik davomliligi uning qanday qoʻyilishiga bogʻliq.
Sovuq Kompress (bir boʻlak yumshoq matoni bir necha qavat qilib sovuq suvga boʻktirib olinadi) maʼlum bir joyni sovitib, qon tomirlarini toraytiradi; uni lat yeganda, burun konaganda gavdaning kasal qismiga (bosh, qoʻl, oyoq va boshqa joylarga) qisqa muddat (2—3 min.) qoʻyiladi.
Issiq Kompress qon tomirlarini uzoq, vaqt davomida kengaytirib, teri va chuqurroqdagi toʻqimalarga qon oqib kelishini yaxshilaydi, natijada yalligʻlanish oʻchogʻi tez yoʻqolib, ogriq qoladi. Bir necha qavat qilib taxlangan doka yoki matoni oldindan uy temperaturasidagi suvga boʻktirib olib, yaxshilab siqib, kasal joyga qoʻyiladi, ustidan kleyonka yoki suv oʻtkazmaydigan qogʻoz yopiladi (kleyonka yoki qogʻoz ancha katta boʻlishi va nam matoni berkitib turishi kerak), uning ustidan kattaroq paxta yoki flanel (Kompress ostida hosil boʻlgan issiqlikni saqlab turish uchun) oʻraladi. Kompress toʻgʻri qoʻyilgan boʻlsa, tanaga tegib turgan mato Kompress olinganda iliq va nam boʻladi. Kompress aksari kechqurun, uxlashdan oldin qoʻyiladi. Kompress tananing katta joyiga (mas, koʻkrak qafasiga) qoʻyiladigan boʻlsa, bemor oʻrinda yotishi lozim. Baʼzan suvli isitadigan Kompress oʻrniga arokli yoki spirtli Kompress qoʻllanadi. Bunday Kompress tez qurib qoladi, shuning uchun tez-tez almashtirib turiladi. Dorili K. isitadigan K.ning ayni oʻzi, bunda K. taʼsirini kuchaytirish uchun suvga vrach buyurgan turli xil dori moddalar qoʻshiladi. Kompress notoʻgʻri qoʻyilganda koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Kompressni oʻz bilgicha, vrach maslahatisiz qoʻymaslik kerak.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |