Konditsioner
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konditsioner (inglizcha: conditioner) – 1) havoni moʻtadillash agregati; ventilyator, havoni isitkich, havoni sovitkich va havo filtrlaridan iborat. Mustaqil, nomustaqil va yetkazib beruvchi konditsioner, markaziy (obyektdan uzoqroqqa oʻrnatiladi), mahalliy (obyektning oʻziga yoki uning yaqiniga oʻrnatiladi) turlari bor. Mustaqil konditsionerda sovitish mashinasi yoki sovitish mashinasi va elektr havo isitkichi boʻladi, bulardan tashqari elektr dvigatelli sovitish kompressorlari, bugʻlatkich-havo sovitkich, kondensator, havo filtri, elektr dvigatelli ventilyatorlar, sovitish mashinasi ishini avtomatik rostlash, xona ichidagi havoni bir meʼyorda avtomatik tutib turish asboblari bor. Nomustaqil konditsionerda sovuq va issiq havo tashqi manbadan keladi. Yetkazib beruvchi konditsionerda havo markaziy konditsionerdan berilib, sovuq va issiq (sovuq va issiq suv) tashqi manbadan beriladi; uning ventilyatorli va elektorli turlari bor. Suvni bugʻlatib havo sovitiladigan bugʻlatkichli konditsioner ham ishlab chiqariladi. Mustaqil K.ning ish unumdorligi soatiga 450–16 000 m3, nomustaqilniki – 1 500–500 000 m3 havo. Konditsioner turar joy, jamoat, sanoat va qishloq xoʻjaligi binolari, vagonlar, samolyotlar va boshqalarda qoʻllanadi; 2) donlarga gidrotermal ishlov beradigan apparat; bunda un mayin tortiladi va sifati yaxshilanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |