Konglomerat
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konglomerat (geologiyada) — dagʻal chaqiq choʻkindi togʻ jinsi, qum, shagʻal va tosh boʻlaqlarining birikib sementlanishidan hosil boʻladi. Temir oksidi, karbonat, gilli materiallar va silikat kislota K.da biriktiruvchi material rolini bajaradi. K.lar bir xil (monomikt) yoki turli togʻ jinslari boʻlaqlaridan (polimikt) tashkil topadi. Dengiz, koʻl, allyuvial, prolyuvial, bazal K. turlari bor. Togʻ va togʻ etaqlarida koʻp uchraydi. K.lar yoʻl qurish, beton plitalar tayyorlash va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish da koʻplab ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |