Kontent qismiga oʻtish

Konigil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Konigil — 1) Samarqandning janubi.-sharqida, Choʻponota tepaligi etagidagi gil koni joylashgan. Bu yerdan milodning boshidan gil, oq qum, sof tuproq, qizil kesak, sariq tuproq va kulolchilikda ishlatiladigan boʻlak tuproqlar qazib olingan. Kondan olingan gil Afrosiyob kulolchiligida keng ishlatilgan. Shu bois Kon Samarqand hokimlari tomonidan qo'riqlangan. Kondan hozir ham gil olinadi; 2) shu kon yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig'i joylashgan, ko'plab tarixiy voqealar shohidi bo'lgan keng , ko'kalamzor mavze. Samarqand hukmdorlari Konni qoʻriqxona deb eʼlon qilib, har yili yozda u yerda 1— 2 oy dam olishgan. Bu vaqtda Konda koʻplab shohona shiypon, choyxona, oshxona, chodirlar oʻrnatilgan, dam oluvchilar koʻnglini yozish uchun koʻzboyloqchilar, qiziqchilar, dorbozlar turli oʻyinlar koʻrsatgan. Shuningdek, bu yerda turli ommaviy sayil va tantanalar ham oʻtkazib turilgan.

Juvayniyning yozishicha, 1255-yil kuzida Masʼud Yalavoch K.da Hulokunch ziyofat qilgan. 1366-yil Amir Temur va Husayn ibn Musallab (Amir Husayn) oʻz qoʻshini bilan K.ni qarorgoh tutganda sarbadorlar anvoi tuhfalar bilan ularning huzuriga keladi. Shunda Amir Husaynning buyrugʻi bilan Mavlonozodadan boʻlak barcha sarbadorlar oʻsha yerda qatl etiladi. Amir Temur Movarounnahr taxtiga oʻtirgach, Samarqand va uning atrofini obod qilishga kirishadi. Chunonchi, u K.da Nakshi Jahon deb ataluvchi bogʻ barpo etadi (k. Amir Temur bogʻlari) Amir Temur oʻzining soʻnggi zafarli yurishidan qaytgach, 1404-yil 6-sentabrda 6 nabirasi — Ulugʻbek, Ibrohim Sulton, Iyjal, Ahmad, Saydi Ahmad va Boyqarolarning nikoh toʻylari munosabati bilan K.da gʻoyatda katta tantana uyushtirgan. Unda qoʻshin amirlari, bahodir jangchilar, tabrik uchun kelgan 7 iqlim sultonlari va ularning elchilari hamda olimu fuzalolar, minglab fuqaro ishtirok etgan. Bularni joylashtirish uchun koʻplab koʻshku ayvonlar qurilgan, chodirlar oʻrnatilgan, palosu gilamlar yozilgan, dasturxonga anvoi noz-neʼmatlar tortilgan. Olamning har tarafidan tashrif buyurgan, tillari va liboslari turlicha sozanda va xonandalar oʻz sanʼatlarini namoyish etgan. Tantana qatnashchilariga shoxrna tortiqlar ulashilgach, barcha chet el hukmdorlari Amir Temurga sadoqat izhor etib, unga halol xizmat qilajaqlarini bildirgan. 1411-yil Shohrux oʻzining va oʻgʻli Ulugʻbekning hokimiyatini tan olmay isyon koʻtargan amir Shayx Nuriddinni jazolash uchun Hirotdan Samarqand tomon qoʻshin tortib kelib, K.da toʻxtaydi. Shundan 6 kun oʻtgach, isyonkor Shayx Nuriddinning boshi kesilib, uning K.dagi qarorgohiga keltiriladi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Ulugʻbek kichik oʻgʻli Abdulazizning xatna toʻyini K.da oʻtkazib, xalqqa ziyofat bergan. 1461-yil Abulxayrxon Movarounnahrni qoʻlga kirytish maqsadida Dashti Qipchoqdan yoʻlga chiqib, K.da toʻxtaydi. Shunda Samarqand ulugʻlari tuhfalar bilan tezlikda. uning huzuriga yetib kelishadi. Abulxayrxon Xoja Ahror valiyning kuyovlari boʻlmish Xoja Abdulavvalga murid boʻladi. Soʻng , u Ulugʻbekning qizi — Robiya Sulton begimni oʻz nikohiga olib, Samarqandni Abu Said tasarrufiga topshirgancha Dashti Qipchokqa qaytib ketadi. 1509-yil Shayboniyxon oʻzining qozoq xoni Qosimxonta qarshi zafarli yurishidan qaytayotib, K.da toʻxtaydi va turli viloyat hokimlari uchun tantanali qabul marosimi uyushtiradi. 1511-yil Bobur Samarqandni qamal qilganda uning qarorgohi K.da boʻlgan. "Boburnoma"sa aytilishicha, Bobur K.da boʻlgan vaqtda mazkur Naqshi Jahon bogʻidan nomnishon qolmagan ekan. Uning taʼkidlashicha, dunyodagi eng yaxshi qogʻoz — Samarqand qogʻozini tayyorlashda ishlatiladigan tegirmonlarning barchasi 1S.dan oqib keluvchi suvlar yordamida aylantirilgan.

^y.:Nizomiddin Sh o m i y , Zafarnoma, T., 1996; Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI-XV1II vv., T., 1985; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV— XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil