Konseptual albom
Konseptual albom (musiqa) deya — musiqiy albomdagi barcha asarlar umumiy bir gʻoya yoʻlida: musiqa, matn, kompozitsiya ketma-ketligi, ijrosi bilan muvofiqlashtirilgan albomga nisbatan taʼkidlanadi[1][2]. Bunday albomning barcha musiqiy ijod naʼmunalari bir mavzuning yoki hikoyaning ajralmas qismi sifatida koʻriladi; bunday hikoya yoki mavzu konsepsiya deya nomlanadi[3]. Yuqoridagi sabablarga koʻra konseptual albom odatiy har-xil turdagi kompozitsiyalardan iborat musiqiy albomlardan farqlanadi. Koʻpincha konseptual deya taʼrifi aniq boʻlmagan, umumiy musiqiy kayfiyat hukmron boʻlgan albomlarga aytiladi, shu sababli albomning konseptualligini aniqlash qiyin hisoblanadi[2]. Ushbu formatdagi albomlar tarixi folk ijrochi Woody Guthriening 1940-yildagi „Dust Bowl Ballads“ albomidan boshlangan boʻlib, keyinchalik jaz musiqachi Frank Sinatra tomonidan 1940—1950-yillarda ommalashtirilgan. Ushbu termin koʻpincha Rok-musiqa janri bilan bogʻlanadi.
Bunga sab qilib Rok-operalarni keltirish mumkin boʻlib: ushbu „operalar“ syujetga ega va musiqachilar orasida rollarga boʻlingan holda ijro etiladi. Rok-operalar davomiyligi uzun boʻlgan musiqiy chiqishlar va „mehmon“ musiqachilar bilan birga yaratilgan albom sifatida ommaga eʼlon qilinishi mumkin. Konseptual albom sifatida yaratilgan rok operalarga misol qilib — Ayreon, Avantasia va Aina guruh va proyektlarining barcha musiqiy albomlari, rus pauer metal guruhi Epidemiya tomonidan yaratilgan Elfiyskaya rukopis albomi, Green Day guruhining „American Idiot“ va „21st Century Breakdown“ albomlarini keltirish mumkin. 1960-yillardan boshlab hozirgi kungacha koʻplab janrlarda mashhur konseptual albomlar yaratilgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Konseptual albom“ atamasining aniq tavsifi yoʻq.[4]. Fiona Sturgesning The Independent nashriga xabar qilishicha, konseptual albomlar „avvalboshdan dramatik gʻoya asosidagi lonpley sifatida tavsiflangan, lekin bunday nomlash subyektivdir“[5]. Ushbu turdagi ijod naʼmunalarini 19-asrda ham yaratishgan boʻlib[6], ushbu naʼmunalar ham tavsiflanishda huddi yuqoridagi muammolarga uchragan[7]. Ushbu turdagi albomlarning keng miqyosda tavsiflanishi, konseptual albom deganda: soundtreklar, toʻplamlar, mashhur xitlar albomlari, bayramona va konsert albomlarini ham bu turga yanglish kiritilishiga sabab boʻlishi mumkin[7].
AllMusicning yozishicha: „Konseptual albom muallifning aynan biror-bir mavzudagi qoʻshiqlar toʻplami boʻlishi mumkin boʻlib, bunday plastinkalar 1950-yillarda ommalashgandi… Huddi shunday tarzda Konseptual albom atamasi 1960-yillardagi roknrollchilar oʻz isteʼdodlari chegarasidan chiqaolgan vaqtlar bilan ham chambarchas bogʻliqdir“"[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cullen 2001, s. 98.
- ↑ 2,0 2,1 Elicker 2001, ss. 227–229.
- ↑ Jones 2008, s. 49.
- ↑ Elicker 2001, s. 227.
- ↑ Sturges, Fiona „The return of concept album“. The Independent (1-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.
- ↑ Cucchiara, Romina „The Concept Album As a Performative Genre“. PopMatters (10-noyabr 2014-yil).
- ↑ 7,0 7,1 Elicker 2001, s. 228.
- ↑ AllMusic staff. „AllMusic Loves Concept Albums“. AllMusic (10-fevral 2014-yil). Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cullen, Jim. Restless in the Promised Land. Rowman & Littlefield, 2001. ISBN 978-1-58051-093-6.
- Danesi, Marcel. Concise Dictionary of Popular Culture. Rowman & Littlefield, 2017. ISBN 978-1-4422-5312-4.
- Elicker, Martina „Concept Albums: Song Cycles in Popular Music“, . Word and Music Studies: Essays on the Song Cycle and on Defining the Field. Rodopi, 2001. ISBN 90-420-1565-9.
- Friedwald, Will. Sinatra! the Song is You: A Singer's Art. Simon and Schuster, 1995. ISBN 9780684193687.
- Jones, Carys Wyn. The Rock Canon. Ashgate, 2008. ISBN 978-0-7546-6244-0.
- Macan, Edward. Rocking the Classics: English Progressive Rock and the Counterculture. Oxford University Press, 1997. ISBN 978-0-19-509887-7.
- Martin, Bill. Listening to the Future: The Time of Progressive Rock, 1968-1978. Open Court Publishing Company, 2015. ISBN 978-0-8126-9944-9.
- McKnight-Trontz, Jennifer. Exotiquarium: Album Art from the Space Age. St. Martin's Press, 1999. ISBN 978-0-312-20133-3.
- Moore, Allan F.. Song Means: Analysing and Interpreting Recorded Popular Song. Routledge, 2016. ISBN 978-1-317-05265-4.
- The 100 Greatest Bands of All Time: A Guide to the Legends Who Rocked the World [2 volumes]: A Guide to the Legends Who Rocked the World. ABC-CLIO, 2015. ISBN 978-1-4408-0340-6.
- Riley, Tim. Tell Me Why: The Beatles: Album By Album, Song By Song, The Sixties And After. Alfred A. Knopf, 1988. ISBN 978-0-394-55061-9.
- Rojek, Chris. Frank Sinatra. Polity, 2004. ISBN 9780745630908.
- Sheff, David. All We Are Saying: The Last Major Interview with John Lennon and Yoko Ono, 2000, St Martin's Griffin, 1981. ISBN 978-0-312-25464-3.
- Shuker, Roy. Popular Music Culture: The Key Concepts. Routledge, 2012. ISBN 978-1-136-57771-0.
- Smith, Chris. 101 Albums that Changed Popular Music. Oxford University Press, 2009. ISBN 978-0-19-537371-4.
- Starr, Larry. American Popular Music: From Minstrelsy to MP3, 2nd, New York: Oxford University Press, 2007. ISBN 9780195300536.