Kontent qismiga oʻtish

Konsertmeyster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsertmeyster (nem. Kopzertmeister — konsert ustasi) — 1) simfonik orkestrpknt yetakchi skripkachisi, solo musiqa parchalarini ijro etadi, baʼzan dirijyor vazifasini ham oʻtaydi. Torli ansambl (kvartet, kvintet va boshqalar)larda, odatda, badiiy va musiqiy rahbar hisoblanadi; 2) simfonik va opera orkestrlaridagi torli sozlar (alt, violonchel va boshqalar) guruhlarining yetakchi sozandasi; 3) ijrochi-sanʼatkor (xonanda, sozanda, balet artisti va boshqalar)ga joʻrnavoz pianinochi. Ayni shu toifadagi sozandaga bagʻishlab, F.YanovYanovskiy "Akkompaniator" (2001) nomli monoopera yaratdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil