Konservalash (tibbiyot)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konservalash (tibbiyotda) -donor qoni va uning hujayraviy elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar)ni organizmdan tashqarida uzoq muddat saqlash. K. tufayli qon tarkibiy qismlarining biologik xususiyatlari va funksional holatlari toʻliq sakdanadi. Qon 2 usulda: 1) 0°dan past temperaturada (—80 dan —196° gacha) muzlatib qattiq holda; 2) 0° dan yuqori temperaturada suyuq holda konservalanadi.
Konservalovchi eritma (glyugitsir) tarkibida qonni ivitmasdan saqlaydigan stabilizator modda (sitrat yoki limon kislota)dan tashqari glyukoza, noorganik fosfat va boshqa bor. Ular kimyoviy toza, apirogen va sterillangan (120° da 30 min.) boʻladi. Konservalangan qon va uning komponentlarini saqlash muddati foydalanilgan qon konservantiga bogʻliq. Tayyor qon konservantlaridan "Gemokon 500" va "Gemokon 500/300" keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |