Konstantin Simonov
Konstantin Simonov | |
---|---|
Tavalludi | 15 (28) noyabr 1915 |
Vafoti | 28-avgust 1979 |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR |
Konstantin Mixaylovich Simonov [1915.15(28).11, Peterburg — 1979.28.8, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1974). M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1938). SSSR Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi oʻrinbosari (1946—54), kotibi (1954—59; 1967—79), "Noviy mir" ("Yangi dunyo") jurnali (1946 — 50; 1954—58) va "Literaturnaya gazeta", 1938; 195054) ning bosh muharriri. Ikkinchi jahon urushiga qadar N. Ostrovskiyga bagʻishlangan "Gʻolib" (1937), "Pavel Chyorniy", "Muz ustidagi jang" (1938), "Suvorov" (1939) dostonlari, "Chin insonlar" (1938), "Yoʻlda yozilgan sheʼrlar" (1939) sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. 1939-yildan urush mavzusi S. ijodining ustuvor yoʻnalishiga aylangan ("Bir sevgi tarixi", 1940; "Shahrimizdan chiqqan yigit", 1941, pyesalar). Urush mavzusi, ayniqsa, lirikasida katta mahorat bilan aks ettirilgan ("Lirik kundalik"; "Sen bilan va sensiz"; "Front sheʼrlari", 1942, toʻplamlari). S, lirik sheʼrlardan tashkari, "Rus kishilari" (1942) va "Shunday boʻlajak" (1944) pyesalari, "Kunlar va tunlar" (1944) qissasini yozgan. Urushdan keyingi yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashishi S.ning "Praga kashtanlari tagida", "Rus masalasi" (1946) pyesalari hamda "Doʻstlar va dushmanlar" (1948) sheʼrlar kitobida oʻz ifodasini topgan.
S. nazdida urush nafakat kishilarning insoniy fazilatlari, ruhiy kuchi va irodasi uchun, balki davlat va siyosiy tuzum uchun ham dahshatli bir sinov boʻldi. Ammo, agar davlat ham, siyosiy tuzum ham tugʻilish va oʻlishga mahkum etilgan ekan, yer yuzidagi birdanbir abadiy qadriyat i neon boʻlib qoladi. S. ana shu aqidadan kelib chiqib, umrining soʻnggi nafasiga qadar urush va inson mavzusiga sodiq qoldi hamda "Quroldosh doʻstlar" (1952), "Tiriklar va oʻliklar" (1959), "Soldat boʻlib tugʻilmaydilar" (1964) va "Soʻnggi yoz" (1971) romantrilogiyasini yaratdi. S, shuningdek, "Begona soya" (1949), "Toʻrtinchi" (1961, pʼyesa], "Vatan uzra dud" (1947), "Lopatinning yozishmalaridan" (1957), "Urushdan keyingi yigirma kun" (1972), "Biz sen bilan uchrashmaymiz", "Shaxsiy hayot, degin" (1978) va boshqa koʻplab qissa, ocherk, publitsistik maqolalar toʻplamlari muallifi. Uning asarlari asosida filmlar suratga olingan. S. urush qatnashchilarining xotiralaridan iborat Ikkinchi jahon urushining kup seriyali kinoyilnomasini yaratgan. 1958—61 ylarda Toshkentda yashagan. Oybek, Abdulla Qahxrr va boshqa oʻzbek yozuvchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilgan, Mirzachoʻl haqidagi hujjatli film ssenariysini yozgan. S.ning koʻpgina asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kunlar va tunlar, T., 1948; Tanlangan sheʼrlar, T., 1960; Soldat boʻlib tugʻilmaydilar. T., 1971.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fink L., Konstantin Simonov, M., 1983.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |