Kontent qismiga oʻtish

Konsullik patenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsullik patenti - Konsul vakolatlarini tasdiqlovchi guvohnoma. Unda konsulning toʻliq ism-sharifi, qaysi toifaga mansubligi, konsullik okrugi va konsullik manzili koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga binoan, konsul lavozimga tayinlanayotganida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uning konsullik okrugi belgilab berilgan Konsullik patentini oladi (14-modda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil