Kontent qismiga oʻtish

Kontaktor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontaktor — past kuchlanishli oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarini maʼlum masofadan turib ulab oʻzadigan elektromagnit apparat. Mustaqil va magnitli ishga tushirish, ish mashinasi va qurilma ichiga oʻrnatilgan xillari boʻladi. Elektromagnitdan tok oʻtganda elektromagnit gʻaltagi yakorni oʻziga tortadi va zanjir kontaktlari tutashadi. K. boshqarish zanjiriga ketma-ket yoki parallel ulanadi. K. kuchlanishi 650 V gacha, tok kuchi 1000 A gacha boʻlgan elektr mashinalari va apparatlarini boshqarishda qoʻllaniladi. Oʻzgarmas tok K.lari tramvay, trolleybus va elektrovoz dvigatellarini, oʻzgaruvchan tok K.lari asinxron dvigatellarni (stanok, liftlarda) boshqarish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil