Kontr-reklama
Kontr-reklama — oʻzidan oldingi reklama xabariga qarama-qarshi pozitsiyani egallaydigan reklama. Bunday reklama munozarali mavzuda qarama-qarshi pozitsiyani egallash yoki boshqa tomonning reklamasi orqali paydo boʻlishi mumkin boʻlgan taassurotga qarshi turish uchun ishlatilishi mumkin. Qarama-qarshi reklama koʻpincha chekish kabi bahsli mavzularda norasmiy tarzda koʻrinadi.
Qisqacha qilib aytganda, reklama kimnidir (yoki nimanidir) taniqli va hurmatli qilish uchun ishlatilsa, konter-reklama maʼlum bir masala, shaxs yoki mahsulotga nisbatan oldingi dalillarga qarshi dalil keltirish uchun ishlatiladi.iadi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, reklama nafaqat mahsulotni yoki shaxsni targʻib qilish uchun ishlatiladi, balki reklama munozarali mavzularda boshqa reklamalarga qarshi turishi mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu vosita Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1960-yillarda paydo boʻlgan va 1963-yilgi saylovoldi kompaniyasi davomida konter-reklamadan toʻla foydalanila boshlandi. Lindon Jonson saylovoldi poygasida konter-reklama yordamida gʻalaba qozongan degan fikr ham shundan paydo boʻlgan.[1]
Kontr-reklama tamoyillaridan oldindan foydalanib kelingan boʻlsada, 1972-yilga kelibgina uni rasmiy ravishda joriy qilish AQSh Federal Savdo Komissiyasi (FSK) tomonidan amalga oshirildi. FSK Federal Aloqa Komissiyasini (FCC) telekoʻrsatuvlarda tijorat homiylari tomonidan bildirilgan fikrlarni muvozanatlash uchun qarshi reklama efir vaqti zarurligiga ishontirishga harakat qildi. FAK bu taklifni ochiqchasiga qabul qilmagan boʻlsada, 1970-yillarda bir nechta qarshi reklama uchun efir vaqtlarida joylar ishlab chiqilgan edi.
Ushbu reklama shaklini qoʻllab-quvvatlaganlar, reklama beruvchilarga qarshi kurashish va soʻz erkinligini qoʻlga kiritish zarurligini daʼvo qilishgan boʻlsa, kontr-reklamadan moliyaviy zarar koʻrishi mumkin boʻlganlar, asosan, teleradiokompaniyalar va reklama beruvchilar, bu televideniya sanoatini yoʻq qilishini daʼvo qilib, reklamaning ushbu shakliga qarshi chiqdilar. 1976-yilga kelib kontr-reklamaning tezligi sezilarli darajada kamaydi, chunki teleradiokompaniyalar va reklama beruvchilar bu muammoga qarshi kurashgan edilar. Bunga qaramasdan, baʼzi stantsiyalar shu paytlarda ham kontr-reklamani qoʻllab-quvvatlagan va hatto sudlarda ham bu masala mukokama qilinishiga toʻgʻri kelgan.[2]
Nega kontr-reklamadan foydalaniladi?
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umuman olganda, kontr-reklama kompaniya tomonidan oʻzini raqobatchilarga nisbatan standart mahsulot va xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniya sifatida koʻrsatish uchun ishlatiladi. Baʼzida kompaniya kontr-reklama jangiga olib keladigan reklama kontseptsiyalarini yaratadi, bunda bilvosita kontseptsiya qurilgan qarama-qarshi kompaniya oʻz qarashlariga qarshi chiqadi. Ushbu kontr-reklama turli kompaniyalar oʻrtasida turli tortishuvlarga ham olib keldi.
Kontr-reklama ikki xil boʻlib, biri toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlum bir toifadagi odamlarga qaratilgan reklamalar, ikkinchisi esa umumiy reklamalardir. Masalan, ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, bu kompaniyalar faqat oʻzlarining maxsus auditoriyasi uchun kontr-reklamalar yaratadilar va ularni oʻz mahsulotlaridan foydalanishga jalb qiladilar, shuningdek, ularning mahsulotlari bozorda eng yaxshisi ekanligiga ishontirishadi. Umumiy reklamalari uchun biz tish pastasi reklamalarining eng yaxshi namunasini olishimiz mumkin, tish pastasi mahsulotlari hamma tomonidan qoʻllanadi va shuning uchun bu kompaniyalar bilvosita oʻz raqiblariga ishora qilish va tomoshabinlarga ularning mahsulotlari va xizmatlari bozorda mavjud boʻlgan boshqalardan ustunligini aytish uchun kontr-reklama tushunchasidan foydalanadilar.[4]
Bugungi bozorda kontr-reklama xususiyatlarining eng tushunarli misoli tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar kabi mahsulotlar boʻlishi mumkin. Bunday tovarlarni reklama qilish tibbiy va jamoat tashkilotlarining koʻplab salbiy reaktsiyalarini keltirib chiqaradi. Yana bir misol, hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari har doim moʻyna ishlab chiqaruvchilar bilan faol kurashadilar.
Shuning uchun bozor bizga mahsulotlarni turli tomonlardan koʻrib chiqishga imkon beradi va baʼzida ishlab chiqaruvchining oʻzi ham oʻz mahsulotlarini ham reklama qiladi, ham qarshi reklama chiqaradi. Marlboro ham shunday qildi, ular ikkita videoni chiqardilar, birinchi targʻib qilingan mahsulotlar, ikkinchisi esa barcha salbiy oqibatlar haqida gapirdi. Buning yordamida Marlboro oʻz imidjini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi, chunki brend hali ham oʻz mijozlarining sogʻligʻi haqida qaygʻurishini koʻrsatgan edi.[5]
Misollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan, kontr-reklama oldingi reklama va uning mahsuloti yoki mahsulotlarini fosh qilishga qaratilgan boʻladi. Masalan, fast food sanoatini olaylik. Milliy tarmoqlarda arzon gamburger taomlari tayyorlaydigan restoranlar uchun son-sanoqsiz reklamalar mavjud.
Kontr-reklama oʻsha restoranning kechki ovqat uchun taklif qiladigan burgerlari bilan bogʻliq sogʻliq uchun xavflarni ochib beruvchi reklama boʻladi. Reklama sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi tashkilot yoki raqobatchi vegetarian restoranlar tarmogʻi tomonidan homiylik qilinishi mumkin.[6]
Kontr-reklama koʻpincha yashirin va aniqlash qiyin boʻladi. Bu odatda spirtli ichimliklar, sigaretalar va fast food kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik korporatsiyalarga qaratilgan reklamalardir.
Texnik jihatdan qarama-qarshi reklamaning har xil turlari mavjud. Eng keng tarqalgan (va eng uzoq davom etadigan) reklamalar odamlarning sigaret chekish istagiga „qarshi“ qoʻyadigan reklamalardir. Chekishga qarshi koʻplab reklamalarda tomoshabinlarga chekishning zarari haqida statistik maʼlumotlarni taqdim etadi. Masalan, har yili chekish oqibatida oʻlim holatlari, sigaretalar tarkibidagi zaharlar (yaʼni, kanserogenlar) soni va sogʻliq uchun xavflar shular jumlasidandir.
Fast food sanoati — kontr-reklamaning yana bir asosiy tarmogʻi hisoblanadi, chunki kam daromadli koʻplab oilalar oʻz oilalarini boqish uchun ushbu restoranlarga bogʻlanib qolgan boʻladi. McDonald’s, Taco Bell va Wendy’s.
Kontr-reklama faqat 30 yoki 60 soniya bilan cheklanmaydi. Kino sanoati kontr-reklamaga ham kirib kela boshlagan. Masalan, „Super Size Me“ni olaylik. „Super Size Me“ hujjatli filmi eng uzoq davom etuvhci katta hajmi konter-reklama hisoblanadi, chunki hujjatli film nafaqat McDonald’sga, balki butun fast food sanoatiga qarshi edi.
Filmda McDonald’s taomlarining salbiy tomonlari, shuningdek, semirish va yurak xastaliklari, yogʻli dietaning oqibatlari haqida statistik maʼlumotlar keltirilgan. Yirik korporatsiyalarga qaratilgan filmlar va hujjatli filmlar asosan bitta katta kontr-reklama hisoblanadi.[7]
Manbalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Что такое контрреклама • Рассказываем простыми...“.
- ↑ Sterling, Kittross, Christopher, John (1990). Stay Tuned: A Concise History of American Broadcasting. Wadsworth Publishing Company. pp. 395–396. ISBN 0-534-11905-0..
- ↑ „Insider“.
- ↑ „Why To Use Counter Advertising? by Tanuja Akkannava“.
- ↑ „Контрреклама. автор Ольга Голубова. ApiX-Drive“.
- ↑ „An Explanation of Counter-Advertising, by Laura Lake. 21-yanvar 2020-yil.“.
- ↑ „Two Main Kinds of Counter-Advertising“.