Kontent qismiga oʻtish

Kontroller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontroller (ing. controller — boshqaruvchi) — elektr dvigatellarni ishga tushirish (yurgizib yuborish), tezligini rostlab turish, reversirlash (dvigatel oʻqining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish) va toʻxtatish uchun moʻljallangan past kuchlanishli elektr apparat. Tuzilishi jihatdan koʻp pogʻonali yassi, barabanli va kulachokli almashlab ulagichlardan iborat. Odatda, K. dasta yoki zalvar massa (maxovik) yordamida qoʻlda boshqariladi; agar maʼlum masofadan turib boshqariladigan boʻlsa, servomotor qoʻllanadi. K. yordamida boshqarish zanjiridagi, kuch zanjirlarini biriktirish sxemalaridagi va elektr dvigatellarni uygʻotish zanjirlaridagi elektr qarshilik oʻzgartiriladi. K.lar elektronika (jumladan, kompyuterlar)da ham qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil