Koo Hye Sun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koo Hye Sun

Koo Hye Sun 2018-yil
Tavalludi 1984-yil 9-noyabr
Janubiy Koreya, Incheon shahri
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi, rejissyor va rassom
Faoliyat yillari 2002-yildan-hozirgacha

Koo Hye Sun (koreyscha:구혜선; 1984-yil 9-noyabr) – Janubiy Koreyalik aktrisa, qoʻshiqchi, rejissyor va rassom. Hye Sun „Hearts of Nineteen“(2006), „The King And I“(2007), „Boys Over Flowers“(2009), „Take Care of Us, Captain“(2012), „Angel Eyes“(2014) va „Blood[1]“(2015) kabi dramalarida rol oʻynagan.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koo Hye Sun 1984-yilning 9-noyabrida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan[2]. Uning bitta opasi bor. Hye Sun bolaligida qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilgan. Shu maqsadiga erishish uchun u kollejdagi doʻstlari bilan vokal guruhini tuzgan. Keyin Hye Sun YG Entertainment bilan shartnoma tuzgan. Oʻshanda YG Entertainment kompaniyasining bosh direktori Yang Xyon Seok Xye Sunga musiqa bilan emas balki aktyorlik bilan shugʻullanishni maslahat bergan edi. Uning maslahati Hye Sonni birinchi navbatda aktyorlik bilan shugʻullanishga koʻndiradi. U sambo kompyuterlari uchun CF-da debyut qilgan. Keyin esa KBS telekanalidagi „Anagram“ serialida rol oʻynagan. 2005-yilda MBC-ning „Nonstop 5“ serialidagi Hye Jin rolidagi ijrosi unga koʻproq tanilishiga yordam bergan. Hye Sonning eng katta yutugʻi 2009-yilning boshida KBS2 telekanalining „Boys Over Flowers“ serialidagi Jan-di Keum rolini ijro etishi bilan yuz bergan.

2009-yilda Hye Sun sanʼat olamining boshqa sohalariga ham kirib borgan. 2009-yil 1-aprelda oʻzining „Tango“ nomli birinchi romanini nashr etgan. Uning „Tango“ romani eng koʻp sotilgan kitoblar qatoriga kirgan va chiqarilgan birinchi haftada 30 000 dan ortiq nusxalarni sotilgan. Hye Sun rejissyorlik sohasida ham faoliyat yuritgan. Oʻz joniga qasd qilish mavzusiga bagʻishlangan „The Madonna“ qisqa metrajli filmida u rejissyor, ssenariy muallifi, muharrir va musiqa bastakori rollarini olgan[3]. " Uning qisqa metrajli filmi 2009-yil Pucheon xalqaro fantastik filmlar festivaliga ham kiritilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Best New Actress(2006)
  • Popularity Award, Actress(2006)
  • SBS Drama Awards(2007), (2014)
  • KBS Drama Awards(2009)
  • Korea Fulfillment Awards(2012)
  • Art Korea Broadcasting Culture and Arts Awards(2022)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Blood' Koo Hye-seon feels pressure about co-starring with younger actor Ahn Jae-hyun“. Hancinema (2015-yil 11-fevral). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  2. „구혜선 :: 네이버 인물검색“. people.search.naver.com. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
  3. Lim, Hye-seon (14 June 2010). „Ku Hye-sunʼs short feature wins at Japan film fest“ (Wayback Machine saytida September 23, 2015, sanasida arxivlangan). 10Asia.