Kooperatsiya
Kooperatsiya (lotincha cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi; 2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishining universal shakli. Bunday K. mahsulot ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. Oʻzbekistonda ishga tushirilgan "SamKochavto", "Kabul-Oʻzbek", "Oʻzdunrobita", "OʻzKeysmash" va boshqa korxonalar K. asosida faoliyat yuritadi (qarang Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi va b.).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |