Koordinatsiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koordinatsiya (lotincha: so — hamkorlik va ordinato — tartibga solish) (biologiyada) — filogenezda organizmning organ va qismlarining oʻzaro bogʻliq holda rivojlanishi. "K." terminini rus olimi A.N.Seversev taqlif etgan. Nemis zoologi L.Plate bu hodisani korrelyasiya deb atagan. K. topografik, konstruktiv, biologik va fiziologik boʻladi. Biologik K.da oʻzaro bevosita bogʻliq boʻlmagan, lekin biologik jihatdan bir-biriga bilvosita taʼsir qiladigan organlarning oʻzaro muvofiqlashgan evolyusion oʻzgarishlari sodir boʻladi. Masalan, primat larda daraxtga chiqishga moslanish bosh miya, koʻz va qoʻl-oyoqdarning oʻzgarishi bilan bogʻliq ravishda amalga oshiriladi. Fiziologik K.da organizmning har xil organlari va sistemalarining oʻzaro muvofiklashtirilgan faoliyati markaziy nerv sistemasining qoʻzgʻalishi va tormozlanishi jarayonlarining birga borishi bilan bogʻliq. Masalan, qoʻl-oyoqlarni bukishda ishtirok etadigan muskullarga yuborilgan nerv impulslari bir vaqtning oʻzida qoʻl-oyoqlarni yozadigan muskullarning tormozlanishiga olib keladi. Yozuvchi muskullarning tormozlanishi esa qoʻl va oyoqlarning bukilishini osonlashtiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |