Kontent qismiga oʻtish

Toʻp (sport)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koptokdan yoʻnaltirildi)

Toʻp yoki koptok oʻyinlarda ishlatiluvchi sferik yoki tuxumsimon jismdir. Aksar sport oʻyinlarida toʻp uriladi va/yoki tepiladi. Zamonaviy toʻplar odatda rezinadan tayyorlanadi; qadimda buning uchun charm, hayvon ichaklari ishlatilar edi.

Toʻp (sportda) — sport oʻyinlarmning koʻp turlarida qoʻllanadigan, odatda, shar shaklidagi buyum. Futbol, voleybol, basketbol va regbi oʻyinlarida qoʻllaniladigan Toʻp lar havo bn toʻldiriladi; koptokli xokkey, chim ustida xokkey oʻyinlaridagi Toʻp lar esa turli materiallardan tigʻiz qilib ishlanadi va ustki qismi sintetik material yoki charm bn qoplangan boʻladi. Ayrim oʻyinlarda qoʻllanadigan Toʻp larning rangi qatʼiy qilib belgilangan (mas., voleybol uchun Toʻp oq, basketbol uchun toʻq sariq rangda boʻlishi lozim). Futbol, voleybol, qoʻl toʻpi, suv polosi Toʻp lari qobigʻi 18 yoki 32 pallacha qilib tayyorlanadi.