Kontent qismiga oʻtish

Rezina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rezina, rezinka (lotincha: resina — qatron (smola)), vulkanizat kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik def boʻlinadi:umormatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot. Vulkanizatsiyalanadigan rezina aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk, vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan, charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va boshqa

Rezina quyidagi asosiy guruhlargaumiy maqsadlarda ishlatiladigan rezina Bunday rezina (shina, oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va hokazo) —50 dan +150 gacha temperaturada ishlatishga moʻljallangan; 150° dan yuqori temperaturada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga moʻljallangan) issiqqa chidamli rezina; — 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa chidamli rezina, benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga moʻljallangan (shlang, zichlagich, turli idishlar va hokazo) moybenzinga chidamli rezina; turli yemiruvchi muhitlar taʼsiriga chidamli rezina Bunday rezina dan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va hokazo uchun moʻljallanadi; gaz toʻldirilgan (gʻovak) rezina radiatsiya taʼsiriga chidamli rezina rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini tayyorlashda qoʻllanadi; dielektrik rezinaning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi. Rezinaning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk rezinaning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli yoki etilen sopolimerli rezina dan tayyorlanadi. Bunday rezina ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga chidamlidir. Molekulalararo taʼsirlashish kuchi kichik, molekulyar zanjirchasi egiluvchan kauchuklardan sovuqqa chidamli rezina ishlanadi. 300° va undan yuqori trali ishlarda elementorganik kauchuklar (kremniy organik va alyuminiy organik) asosida tayyorlangan rezina qoʻllanadi. Mineral toʻldirgichli rezina yaxshi dielektrik hisoblanadi. Kauchukka atsetilen tipidagi yuqori strukturali qurum qoʻshib elektr oʻtkazuvchi rezina hosil qilish mumkin. Nurdan saklovchi rezina olish uchun koʻpincha ftorli va butadiyennitrilli kauchuklar ishlatiladi.

Kauchuklarni vulkanizatsiyalash maqsadida oltingugurt, organik peroksidlar (Mas, benzoil peroksid, dikumal peroksid), apkilfenolformaldegid va epoksid smolalari, diazobirikmalar, diaminlar va boshqa bifunksional birikmalar ishlatiladi. Radiatsion vulkanizatsiya ham qoʻllanmokda. Vulkanizatsiyani tezlashtirish maqsadida rezina tarkibiga maxsus tezlatkichlar va ularning faollashtiruvchilari qoʻshiladi. Oltingugurt bilan vulkanizatsiyalashda tezlatkich sifatida sulfenamidlar, diokarbamidlar, tchuramdisulfid merkaptobenzotiazol, difenilguanidin kabi birikmalardan foydalaniladi. Qurum, kolloid silikat kislota, boʻr, kaolin, metall oksidlari, silikatlar, baritlar rezina toʻldirgichlar sifatida koʻplab ishlatiladi. Toʻldirgichlar rezinaning bikirligini oshiradi.

Dunyo miqyosida ishlab chikariladigan sintetik kauchuklar va ular asosidagi rezinaning 50% dan ortigʻi shina i.ch. ga sarflanadi. Rezina keng temperatura oraligʻida elastikligi, amortizatsiya xususiyati, ishqalanishga chidamliligi, suv va gazni kam oʻtkazishi va boshqa xossalariga koʻra konstruksion material sifatida turli sohalarda keng qoʻllanadi.