Kontent qismiga oʻtish

Kordiyerit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kordiyerit (fransuz geologi Kordye (1777—1861) nomidan), iolit, dixroit — mineral. Alyuminiy, magniy va temirning murakkab silikati. Kimyoviy tarkibi Al3(Mg, Fe)2 [Si5AlOll8. Rombik singoniyali. Koʻpincha qoʻshaloq holda uchraydi. Rangsiz yoki koʻk va binafsha rang. Qattikdigi 7— 7,5. Zichligi 2600–2660 kg/m3. Yaltiroq. K. koʻproq gneyslarda, kristallangan slanetslarda, oʻzgargan magmatik togʻ jinslarida osongina yemirilib, talk, slyuda va boshqa ikkilamchi minerallar hosil qiladi. Oʻzbekistonda Shimoliy Nurota va Chatqoldagi silur davri slanetslarida uchraydi. Shaffof xillari qimmatbaho tosh hisoblanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil