Kontent qismiga oʻtish

Koreferentlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koreferentlik (ing. corefence yoki co-reference) tilshunoslikda ikkidan ortiq soʻzlar bir shaxs yoki narsaga ishora qilganda yuzaga keladigan hodisadir; Ular bir xil referentga ega boʻladi. Misol uchun, Billga Elis tez orada kelishini aytdi va u shunday qildi, ushbu gapdagi "Elis" va "u" bir shaxsga ishora qilgan[1].

Koreferentlikning aniqlanishi koʻpincha murakkab boʻladi. Misol uchun, Bill said he would come, ushbu jumlada „he“ olmoshi Billga yoki umuman boshqa shaxsga ham ishora qilishi mumkin. Qaysi soʻzlar kontekstdagi asosiy maʼno ifoda etishini aniqlash maʼnoni tahlil qilish yoki tushunishning muhim qismidir va bu koʻpincha kontekstdan maʼlumotni, real dunyo bilimlarini, misol uchun, baʼzi nomlarning muayyan turlari („Rover“), artefakt turlari („Titanik“), grammatik jinslar yoki boshqa xususiyatlar bilan bogʻlanish tendensiyalarini talab qiladi.

Tilshunos olimlar koʻpincha asosiy maʼlumotni qayd qilish uchun indekslardan foydalanadilar (Billi said hei would come) . Bunday iboralar koindekslangan deb yuritiladi, bu ularni asosiy referent sifatida talqin qilish kerakligini koʻrsatadi.

Agar ifodalar koreferensial boʻlsa, birinchi boʻlib toʻliq yoki tavsiflovchi shakl (masalan, toʻliq shaxsiy ism, ehtimoliy unvoni va roli bilan), keyinroq sodir boʻlganda esa qisqaroq shakllardan foydalaniladi (masalan, faqat maʼlum bir ism, familiya, yoki olmosh). Oldingi hodisa antisedent, ikkinchisi esa proforma, anafor yoki referent deb ataladi. Ammo, olmoshlar baʼzan oldingi qismda boʻlib, oʻzidan keyingi shaxs, harakat yoki narsaga ishora qilishi mumkin, masalan, "U uyga kelganida, Elis uxlab qoldi" („When she arrived home, Alice went to sleep“). Bunday hollarda koreferent anaforik emas, balki kataforik deb ataladi.

Koreferentlik sintaksis sohasidagi hodisalarni bogʻlash uchun asosiy ahamiyatga ega hodisalardan biridir. Bogʻlanish nazariyasi jumlalar va matnlardagi asosiy ifodalar oʻrtasida mavjud boʻlgan sintaktik munosabatni oʻrganadi.

Koreferentlikning turlari koʻrib chiqilganda, ular orasidagi farqlarning guvohi boʻlishimiz mumkin. Misol uchun, anafora, katafora, antisedentlarning boʻlinishi, ot iboralar va boshqalarga oʻzaro bogʻliq[2].

Anafora
a. The musici was so loud that iti couldnʼt be enjoyed
(Musiqai shunchalik baland ediki, undani zavqlana olmadim). – Anafora oʻzi nazarda tutgan iboraga (uning oldingi gapiga) ergashadi.
b. Our neighborsi dislike the music. If theyi are angry, the cops will show up soon
(Bizning qoʻshnilarimizi musiqani yoqtirmaydi. Agar ulari gʻazablansa, politsiyachilar tez orada paydo boʻladi). – Anafora „ular“ „bizning qoshnilarimiz“ga ishora qiladi.
Katafora
a. If theyi are angry about the music, the neighborsi will call the cops
(Agar ulari musiqadan gʻazablansa, qoʻshnilarimi politsiyani chaqiradi). – Katafora ular tegishli iboradan oldin keladi (uning potsedenti).
b. Despite heri difficulty, Wilmai came to understand the point.
Uningi qiyinchiliklariga qaramay, Vilmai gapni tushunib yetdi. - Katafora oʻzi nazarda tutilgan iboradan oldin keladi („uning“ olmoshi Vilma shaxs otining postsedenti)
Antisedentlarning boʻlinishi
a. Caroli told Bobi to attend the party. Theyi arrived together.
(Keroli Bobgai ziyofatda qatnashishimni aytdim. Ulari birga kelishdi. – „they“ olmoshi bu yerda Karol va Bobga ishora qilyapti)
b. When Caroli helps Bobi and Bobi helps Caroli, theyi can accomplish any task
(Kerol i Bobga i va Bob i Kerolga i yordam berganida, ulari har qanday vazifani uddalay olishadi). Ularning anaforasi Kerol va Bobga ishora qiluvchi boʻlinish antisedentiga ega.
Tegishli ot soʻz birikmalari
b.Some of our colleagues1 are going to be supportive. These kinds of people1 will earn our gratitude
(Baʼzi hamkasblarimiz 1 qoʻllab-quvvatlamoqchi. Bunday odamlar 1 bizning minnatdorchiligimizga sazovor boʻladi). - Oʻzaro bogʻliq ot iboralar, bunda ikkinchi ot iborasi birinchisiga nisbatan predikatsiya hisoblanadi.

Bogʻlangan oʻzgaruvchilarga munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Semiologlar va mantiqchilar baʼzan koreferentlik va bogʻlangan oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi farqni ajratib koʻrsatishadi[3]. Bogʻlangan oʻzgaruvchilar proformaning oldingi qismida noaniq miqdoriy ifoda boʻlganda paydo boʻladi. Masalan[4] 

  1. Every studenti has received hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchiga misol bo'ladi
  2. No studenti was upset with hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchiga misol bo'ladi

Every student va no student kabi miqdoriy ifodalar havola hisoblanmaydi. Bu iboralar grammatik jihatdan bitta, lekin nutq yoki haqiqiy hayotda bitta referentni tanlamaydi. Shuning uchun, bu misollardagi his olmoshi oldingi gaplari toʻgʻri havola emas, aksincha bu olmosh oldingi gapdagi bilan bogʻlangan oʻzgaruvchi hisoblanadi. Uning havolasi diskurs va nutq vaziyatiga qarab qaysi biri haqida gap ketganligiga qarab oʻzgaradi. Bogʻlangan oʻzgaruvchilarning mavjudligi quyidagi misolda aniqroq boʻlishi mumkin:

  1. Only Jacki likes hisi grade. his olmoshi bog'langan o'zgaruvchi.

Bu jumla noaniq tuzilishga ega. Unda Jek oʻz bahosini yoqtirishi ifodalangan, lekin ushbu jumlada boshqalar Jekning bahosini yoqtirmaydi yoki Jekdan boshqa hech kim oʻz bahosini yoqtirmaydi degan maʼno ham tushuniladi. Birinchi maʼnoda, her (uning) olmoshi asosiy; ikkinchisida esa u bogʻlangan oʻzgaruvchidir, chunki uning havolasi barcha oʻquvchilar toʻplamida oʻzgaradi.

Koindeks belgisi odatda ikkala holatda ham qoʻllanadi. Aniqroq qilib aytganda, agar ikki yoki undan ortiq iboralar indekslangan boʻlsa, u asosiy yoki bogʻlangan oʻzgaruvchi (yoki oxirgi misolda boʻlgani kabi, bu talqinga bogʻliq) ishtirokini anglatmaydi.

Koreferent rezolyutsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompyuter lingvistikasida koreferent rezolyutsiyasi diskursdagi yaxshi oʻrganilgan muammoli vaziyatlardan biri hisoblanadi. Matndagi asosiy maʼnoni yuzaga chiqarish yoki hatto gapdagi egalarning, olmoshlarning va boshqa ishora qiluvchi iboralarning bogʻliqligining muhmligini toʻgʻri shaxslar bilan bogʻlanishi kerak. Asosiy referentlarni hal qilish uchun moʻljallangan algoritmlar odatda birinchi navbatda havola etuvchi ifodaga mos keladigan eng gapdagi dastlabki shaxsni qidiradi. Masalan, she olmoshi ayol kishini yoki uni ifodalovchi shaxs otlariga ishora qilishi mumkin, lekin Billga nisbatan emas. Oʻzlik olmoshlari ham ancha qattiqroq cheklovlarga ega. Koʻpgina lingvistik vazifalarda boʻlgani kabi, aniqlik va eslab qolish oʻrtasida muvozanat mavjud. Klaster sifati koʻrsatkichlari koʻpincha asosiy referensiyani aniqlash algoritmlarini baholash uchun Rand indeksi, sozlangan Rand indeksi va turli oʻzaro maʼlumotlarga asoslangan usullarni oʻz ichiga oladi.

Ingliz tilida koʻp qoʻllanuvchi it olmoshi koreferent rezolyutsiyasi uchun alohida maʼno kasb etuvchi muammoli vaziyatlardan biridir. Ingliz tilida he va she olmoshlari bilan bir xil maʼno ifodalashiga qaramasdan u jonsiz predmetlarga ishora qiladi. Bundan tashqari, u narsalarga emas, balki jarayonlarni ham ifodalashi mumkin, masalan , he was paid minimum wage, but didnʼt seem to mind it. Bu yerda it olmoshi birinchi gapdagi vaziyatga ishora qilyapti. It olmoshidan aniq bir narsaga ishora qilmaydigan pleonastik foydalanish ham mumkin:

  1. It's raining.
  2. It's really a shame.
  3. It takes a lot of work to succeed.
  4. Sometimes it's the loudest who have the most influence.

Pleonastik foydalanish ishoraviy belgi hisoblanmaydi va shuning uchun asosiy referentning bir qismi emas[5].

  1. For definitions of coreference, see for instance Crystal (1997:94) and Radford (2004:332).
  2. These distinctions (anaphora, cataphora, split antecedents, coreferring noun phrases, etc.) are discussed in Jurafsky and Martin (2000:669ff).
  3. For discussions of bound variables, see for instance Portner (2005:102ff.).
  4. See Jurafsky and Martin (2000:701) for an example of a bound variable like the ones given here.
  5. Li et al. (2009) have demonstrated high accuracy in sorting out pleonastic it, and this success promises to improve the accuracy of coreference resolution overall.