Kontent qismiga oʻtish

Koreyada Taksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koreyada taksilar juda koʻp boʻlib, ular toza, havfsiz hamda qimmat emas. Ular gavjum shaharlarda taksi toʻxtash joylarida topish yoki koʻchada ushalsh mumkin. Maʼlum taksilarni telefon orqali chaqirish ham mumkin boʻlib, ammo, ularning toʻlovi biroz qimmatroq. Taksi haydovchilarning koʻpayib borishi bilan ular orasida Ingliz tilida gapiradiganlari ham paydo boʻlgan, Koreyaga birinchi tashrif buyurgan odam uchun juda ham foydali boʻlishi mumkin.

Taksi

2007 yil Mart oyidan boshlab Seul metro va avtobuslarida ishlatiladigan kredit va oldindan-toʻlangan (pre-paid) pul kartalari taksilarda ham qoʻllanila boshlandi. Bu hol shahar uchun yangi taklif etilgan tizim boʻlib, barcha taksilrda toʻliq ishga tushishiga 3-4 yil talab qilinadi. Hozirda faqat 'lyuks' (deluxe) taksilargina ushbu yangi tizim asosida ishlayaptilar.

Oddiy Taksi

Oddiy Taksi

Yoʻlkira xaqi ham masofa, ham vaqt bo‘yicha belgilanadi. Yoʻl xaqi dastlabki bosib oʻtilgan 2 km uchun 1900 von boʻlib, undan ortgan har 144 metr masofaga 100 vondan qoʻshib hisoblanadi. Agar taksi bir soat mobaynida 15 km/soat dan sekin yurgan boʻlsa, har 35 sekundiga 100 von qo‘shimcha xaq qoʻshiladi.

Incheon Xalqaro Aeroportidan Seul shahri atrofigacha odatda 50’000 von (qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan birga) xaq olinadi. (Agar yoʻl tiqilinch bo‘lsa, yoʻlkira bundan ozgina oshishi mumkin)

Tun soat 24:00 dan ertalabki 4:00 gacha boʻlgan vaqt mobaynida yoʻlkira puli 20 % qimmatroq boʻladi.

Taksining ichki koʻrinishi

Hisoblagich
Toʻlov cheki chiqargich
Tarjimonlik hizmatiga oid koʻrsatma

Nomli Taksi

Nomli Taksi

Ushbu turdagi: „Kind Call Taxi“ („Kaynd Koll Taksi“) va „KT Powertel“ („Key Ti Povertel“) taksilarida bevosita tarjima qilish qurilmasi, yana kvitansiya chiptasini chiqaruvchi asbobi va avtomobil joylashgan nuqtasini aniqlovchi simsiz maʼlumot sistemasi (GPS) ham oʻrnatilgan. (24 soat mobaynida telefon hizmati qoʻngʻiroq qilingan joyga yaqin turgan taksilarni aniqlab, yuborilishini boshqarib turuvchi dispetcher tizimi bilan taʼminlaydi)

Yoʻl-xaqi oddiy taksilarning tarifiga oʻxshash, faqat telefon xizmati uchun 1000 Won qoʻshimcha xaq toʻlanadi.

Lyuks Taksi

Lyuks Taksi

Lyuls talsilar koreys tilida „mobeom“ taksi deb nomlanadi. Sariq rangli hoshiya va qora rangda boʻyalgan va atroflarida „Deluxe Taxi“ yozuvi tushirilgan. Bu taksilar ichi keng boʻlib yoʻlovchilar uchun xizmat darajasi ham yuqoridir. Narxi birinchi 3 km uchun 4’500 von va keyingi har bir 164 metr yoki tezligi soatida 15 km dan past boʻlgan taqdirda har 39 sekund uchun 200 vonni tashkil qiladi. Odatda Inchon xalqaro Aeroportidan shahar markazigacha (qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan birga) 80’000 von boʻladi. Toʻlov uchun check ham beriladi. Bunday taksilarda hizmat xaqi kechda ham oʻzgarmaydi. Lyuks taksilarni mexmonxona hududi, stansiyalar, avtobus terminali, shuningdek shahar markaziy koʻchalari hududida uchratish mumkin. Ular yana quyidagi telefon orqali buyuriladi:

Van Taksi

Van Taksi

Sakkiz yoʻlovchini oʻz bagʻriga sigʻdira oluvchi bu taksi juda ham qulaydir. Taksi telefon orqali bevosita tarjima qilish qurilmasi, yana kvitansiya chiptasini chiqaruvchi asbobi va kredit karta ishlatish qurilmasi bilan jixozlangan. Narxlar xuddi „mobeom“ (lyuks) taksilar bilan bir xil. Yoʻlovchilar oʻzlari bilan koʻp va katta hajmli yuklarini yuklab olib yurishlari mumkin.