Koreyaning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi
|
Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi, Koreyaning yagona futbol terma jamoasi sifatida ham tanilgan, Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi boʻlib, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreyani ifodalovchi birlashgan vakillik jamoasi hisoblanadi. Ularning FIFA tomonidan ruxsat etilgan turnirlardagi yagona ishtiroki 1991-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koreya sport konferensiyalari 1963-yildan beri Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra oʻtkazilib kelinmoqda edi. Biroq orada konferensiyalar 1980-yillardan boshlab toʻxtatib qoʻyildi. Shundan soʻng, ikkala davlat (Shimoliy Kkoreya va Janubiy Koreya) 1991-yil fevral oyida stol tennisi va futbol boʻyicha Koreya birlashgan jamoalarini tuzishga qaror qilishdi.
Oʻsha yili Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarining birlashgan yagona jamoasi 1990-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻoliblari sifatida FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldilar. Shuning uchun bu ikki davlat muloqot va jamoaviy ish borasida xavotirlarga qaramay, zudlik bilan 20 yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasini jahon chempionati uchun tuzishda ittifoq qildilar. Janubiy koreyalik oʻn nafar futbolchi va sakkiz nafar shimoliy koreyalik oʻyinchi yagona jamoa tarkibiga kiritildi va ularni Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi An Se-uk boshqardi. Oq fonda Koreya yarim orolining koʻk tasviridan iborat Koreya birlashma bayrogʻi „Koreya“ nomi ostida musobaqada qatnashgan jamoa tomonidan qoʻllangan ramz edi[1].
Koreya yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatini favorit Argentina milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻynashdan boshladi. Uchrashuvdagi yagona gol shimoliy koreyalik futbolchi Cho In-chol tomonidan uchrashuvning 88-daqiqasida kiritildi. Bu gol Koreyaning guruh bosqichidagi gʻalabasini taʼminladi. Koreya termasi guruh bosqichidagi Irlandiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlish arafasda Shimoliy Koreya futbolchisi Choi Chol uchrashuvning 89-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Ular guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinni mezbonlar va yakuniy chempion Portugaliya termasiga qarshi yakka gol evaziga oʻtkazib yuborgan boʻlsalar-da[2], biroq chorak finalda Braziliya termasiga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradilar.
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 15-iyun 1991-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati (A guruhi) | Argentina | 0-1 | Andoza:Country data Kor Koreya | Lisbon, Portugaliya |
19:00 | Cho In-chol 88' | Stadion: Estádio da Luz Tomoshabin: 2,000 Hakam: Ernesto Filippi (Urugvay) |
1991-yil 17-iyun 1991-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati A guruhi | Irlandiya | 1-1 | Andoza:Country data Korea Korea | Lisbon, Portugaliya |
19:00 | McCarthy 58' | Choi Chol 89' | Stadion: Estádio da Luz Tomoshabin: 5,500 Hakam: Robert Sawtell (Kanada) |
1991-yil 20-iyun 1991-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati A guruh | Portugaliya | 1-0 | Andoza:Country data Korea Korea | Lisbon, Portugaliya |
21:30 | Torres 42' | Stadion: Estádio da Luz Tomoshabin: 38,000 Hakam: Enrique Marín Gallo (Chili) |
1991-yil 22-iyun 1991-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati A guruh | Braziliya | 5-1 | Andoza:Country data Korea Korea | Porto, Portugaliya |
21:30 |
|
Choi Chol 40' | Stadion: Estádio das Antas Tomoshabin: 25,000 Hakam: Guy Goethals (Belgiya) |
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lavozim | Ism |
---|---|
Menejer | An Se-uk |
Yordamchi murabbiy | Nam Dae-sik |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|