Kontent qismiga oʻtish

Koror

Koordinatalari: 7°20′35.9″N 134°28′49.4″E / 7.343306°N 134.480389°E / 7.343306; 134.480389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koror
7°20′35.9″N 134°28′49.4″E / 7.343306°N 134.480389°E / 7.343306; 134.480389
[[File:|290px|Koror xaritada]]

KororPalau Respublikasi poytaxti (1994-yildan). Palau arxipelagidagi Koror orolining shimoliy sohilida joylashgan. Aholisi 10,5 ming kishi (2000). Shahar kengayib, qurilish ishlari Babalsuat oroliga ham koʻchirilmokda. Qadimda ikki orol koʻprik va akveduk orqali bogʻlangan. Hozirda parom qatnaydi va yangi koʻprik qurilmokda. Turizm rivojlangan. Aholisining koʻpchiligi dengiz hayvonlarini ovlash va uni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Chetga kopra chiqariladi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kema remonti korxonalari bor. Zamonaviy binolar qurilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil