Korporativ manfaat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korporativ manfaat — korporatsiyaga kiruvchi firma, kompaniya, tashkilotlar uchun umumiy manfaatlar. Bu manfaat birgalikda tovar yoki xizmat bozorlariga kirib borish, unda oʻz oʻrnini topib, mavqeini mustahkamlash, raqobat kurashida gʻolib chiqib, foydani yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahsulot sifatini keskin yaxshilash shaklida boʻlishi mumkin. Korporativ manfaat oʻzida bir nechta maqsadlarni aks ettiradi. Manfaatdorlik mexanizmi koʻp va sifatli mahsulotni kam xarajat bilan ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini kamaytirish, xom ashyo, material, energiya, yoqilgʻi va pul mablaglarini tejashni, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taʼminlaydi va foyda hamda daromadni koʻpaytiradi.

Korporativ manfaat koʻp bosqichli xususiyatga ega boʻlib, korporatsiyada ishlovchi har bir xodim, tarkibiy boʻlimlar va umuman korporatsiyaning manfaatlaridan shakllanadi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil