Korrelyasiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Korrelyasiya (genetikada) -bir butun organizmda belgilarning oʻzaro bogʻliqligi. K. asoslarini birinchi marta J. Kyuvye bayon etgan (1800—05). K.ning evolyusion ahamiyatini Ch.Darvin asoslab bergan (1859). K. oʻzgaruvchanlikning muhim unsuri boʻlib, organizmning rivojlanish tarzi va evolyusiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Korrelyasion bogʻlanishlar mutlaq boʻlmay, tabiiy tanlanish va sunʼiy tanlash bilan boshqarilishni taʼminlaydi. Genetik K. (genlarning birikkanligi yoki ularning pleyotrop taʼsiri sabab boʻladi), paratipik K. (oʻzaro bogʻliq belgilarning muhim sharoitlariga boʻlgan reaksiyasi), fenotip i k va boshqa K.lar farqgtanadi. K.ning fenotipik, genetik va paratipik koeffitsiyenti koʻrsatkichlari oʻzaro muvofiq kelmaydi, baʼzan esa boshqa-boshqa yoʻnalishga ega boʻlishi mumkin. Seleksiya sxemalari va tanlash yoʻna-lishini toʻgʻri tuzishda genetik K.ni bilish katta ahamiyatga ega. Korrelyativ bogʻliqlik sifat (morfologik) hamda miqdoriy belgilar boʻyicha ku-zatiladi. Miqdoriy belgilar rivojini nazorat qiluvchi poligenlar yagona birikish guruhlarida boʻlishi va kompleks irsiylanishi mumkin. Madaniy ekinlarda koʻpgina qimmatli xoʻjalik belgilar oʻzaro salbiy K.ga egaligi aniqlangan. Xususan, gʻoʻzada genetik K. kuchi oʻrtacha, tola miqdori (chiqishi) va indeksi tola uzunligi va chiziqli zichlik bilan, ertapisharlik hosildorlik bilan, tolaning sifati koʻsakning ogʻirligi bilan, 1000 dona chigit massasi tolaning chiqishi bilan oʻzaro teskari nisbatga ega. Salbiy aloqadorlikning mavjudligi seleksiya ishlarini qiyinlashtiradi, chunki bir belgini yuzaga chiqarish uchun olib borilgan intensiv tanlash boshqa belgilarning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun salbiy K. mavjud boʻlgan hollarda tanlash kompleks belgilar boʻyicha oʻtkazilishi kerak. Oʻrin almashishi mumkin boʻlgan rekombinantlarni topish uchun kattagina populyasiyalar bilan ishlash, mutagenlarning samarali taʼsiri talab etiladi. Xususan, ertapisharlik bilan boshqa qimmatli xoʻjalik belgilar oʻrtasidagi salbiy K.ni bartaraf etish mumkin. Mas, dastlabki ertapishar gʻoʻza navlarining koʻsagi mayda (4 g atrofida), tola chiqishi 28%, tola oʻz. 26–28 mm dan oshmas edi. Hozirgi rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarida (S-6524 Yulduz, Gulbahor, Toshkent 6, Buxoro 6, Namangan 77 va boshqalar) duragaylash, mutagenez va sunʼiy tanlash usullaridan foydalanib, K. bogʻlanishlarini boʻzish asosida ertapisharlik bilan koʻsakning yirikligi, tolaning uzunligi va pishikligi, navning serhosilligi kabi belgilarni uygʻunlashtirishga erishilgan. Genetik K. muammolari genetik-matematik usullar, xususan, kovariatsion tahlil yordamida tadqiq qilinadi.
Miradham Abzalov, Bahodir Normatov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |