Kontent qismiga oʻtish

Korroziyabardosh materiallar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Korroziyabardosh materiallar — korroziya hodisasiga chidamliligi yuqori boʻlgan materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik), kompozitsion (qarang Kompozitsion materiallar), konstruksion (qarang Konstruksiyey materiallar) va himoya (qarang Himoya qopyaamalari) turlari bor. Metall Korroziyabardosh materiallarga poʻlat va choʻyanlar, olovbardosh kotishmalar; asl metallar; korroziyabardoshligi legirlab (qarang Legirlash) oshiriladigan alyuminiy, mis asosidagi qotishmalar (bronza, jez), nikel niobiy, tantal, sirkoniy va boshqa elementlar asosidagi krtishmalar kiradi. Metallmas anorganik Korroziyabardosh materiallarga tabiiy silikat materiallar — andozit, bazalt, granit, diorit, kvarsit va kislotaga chidamli boshqa jinslar; dolomitlar, marmarlar, ohaktoshlar; sunʼiy silikat materiallar (kvars shisha, silikat shisha, keramik materiallar, emallar, kislotaga chidamli beton va boshqalar) kiradi. Metallmas organik Korroziyabardosh materiallar (polietilen, polistirol, ftoroplast va boshqalar) keng tarqalgan. Korroziyabardosh materiallar kislota, ishqor, tuzlar, kimyoviy agressiv gaz sharoitida ishlatiladigan kimyoviy apparatlar, quvurlar, buyumlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi (yana. q. Kislotabardosh materiallar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil