Kort
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kort (ing. court — hovli) — tennis oʻynaladigan maydon. Yakkalik oʻyinlar uchun K.ning oʻlchami 23,77 x 8,23 (juftliklar uchun 23,77x10,97) m boʻlib, koʻndalang chizigʻi oʻrtasiga metall chilvir yordamida toʻr tortiladi. Toʻrning maydon oʻrtasidagi balandligi 0,914 m, chekka ustunlari oldidagi balandligi 1,07 m. Markaziy chizikdan 6,4 m uzoqlikda uzatish chizigʻi chegarasi oʻtkaziladi va bu may-donchalar teng 2 ga boʻlinadi. Chiziklarning kengligi 5 sm. K.ning orqa chizigʻidan 6,4 m gacha, yon chizigʻidan 3,7 m gacha oʻyin maydoni boʻlishi lozim. Koptok ketib qolmasligi uchun maydon toʻr bilan oʻraladi. K.lar qumli, maysali, qattiq va sintetik qoplamali boʻlishi mumkin. Dastlabki K. Fransiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan, 1529-yilda Parijda bunyod etilgan. Toshkentda ilk K. 1903-yilda qurilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 530 ta kort bor (2002). Toshkent shahridagi "Yunusobod", "Dinamo" va viloyatlar markazlaridagi K.lar jahon andozalariga javob beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |