Korund
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Korund (nem. korund; qadimgi hindchadan) — oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi A12O3, qoʻshimchalari Cr, Fe, TI va boshqa Kristallari trigonal singoniyali ustunsimon, kam hollarda dipiramidal. Rangsiz, tarkibida temir, mis, marganets, titan va shahrik. elementlarning borligiga qarab turli rangda boʻladi. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 9. Zichligi 4000 kg/m3. K.ning (60—70%) magnetit, gematit shpinel bilan aralashmasi "najdak" deb ataladi (Naksos o., Gretsiya). Metamorfik, metasomatik jarayonlarda hosil boʻladi. Kanada, JAR, Qozogʻiston (Semiz-Bugʻ), Xibin va Ilmen togʻlari (RF) va Oʻzbekistonning Oqtosh, Molguzar, Tomdi togʻlarida K. konlari bor. K.ning faqat sochmalardan olinadigan shaffof va chiroyli ranglilari (sapfir — koʻk rangli, yoqut — qizil rangli) qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi, unchalik toza boʻlmaganlari abraziv material. Texnik va zargarlik maqsadlarida ishlatish uchun sanoat miqyosida sunʼiy K. olinadi. Cr2+, Fe3+ qoʻshib olingan sunʼiy K. kvant elektronikasi, soatsozlik, zargarlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Qoʻshimchalarsiz olingan sunʼiy K. radioelektronika sanoatida qoʻllanadi. Sunʼiy K. tozaligi va yirikligi bilan tabiiy K.dan aniq, ajralib turadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |