Kontent qismiga oʻtish

Kosatka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kosatka (Orcinus orca) – tishli kitlar turkumining delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Erkagining ogʻirligi 8 tonnagacha, urgʻochisi kichikroq. Yelka suzgichi toʻmtoq va juda keng, orqa suzgichi juda baland (erkagida 1,7 m gacha, urgʻochisida 0,9 m gacha). Kosatka kosmopolit, Arktikadan Antarktidagacha boʻlgan ochiq dengizlarda tarqalgan. Soatiga 55 km gacha tezlikda suza oladi. Homiladorlik davri 16 oyga yaqin. Uzunligi 2–3 m keladigan bitta bola tugʻadi. 35 yilgacha umr koʻradi.

Kitsimonlar orasida yagona yirtqich tur, asosan, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi, baʼzan kurakoyoqlilar (tyulen) va kitsimon (delfin) larga hujum qiladi. Odam uchun xavfli emas. Tutqunlikka koʻnikadi, yuvosh, oson qoʻlga oʻrganadi. Koʻplab ovlanadi. Oʻrtacha kattalikdagi kosatkadan 1 t gacha yogʻ, 1,5–3 t gacha goʻsht olinadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil