Koshitse
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koshitse — Slovakiyaning sharqidagi shahar. Slovakiya Rudali togʻlari etaklarida, Gorvad daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 241,8 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Metallurgiya kombinati, ogʻir mashinasozlik, magnezitni qayta ishlash, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, universitet, Sharqiy Slovakiya muzeyi bor. 14—18-asrlarga oid memoriy yodgorliklar, jumladan, gotika sobori saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |